Ilk marotaba Nukusda “Markaziy Osiyo pedagoglari” xalqaro forumi o‘tkazilmoqda
Xalqaro forum “Markaziy Osiyo pedagoglari — bir mintaqa, bir ovoz, bir kuch!” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Nukus shahrida o‘tkazilmoqda.
Ilk marta tashkil etilayotgan mazkur forum Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, Markaziy Osiyo davlatlari taʼlim vazirliklari, Yunesko, Yunisef hamkorligida tashkil etilmoqda.
Forumda Markaziy Osiyo, jumladan Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, shuningdek, Ozarbayjon, Turkiya davlatlaridan pedagog va ta’lim tizimi boshqaruv xodimlari ishtirok etmoqda.
Bugun forum ishtirokchilari uchun Taxtakoʻpir tumanidagi “Qora teran”turistlik markazida ekologik va etno madaniy tadbirlar tashkil etildi.
Dastlab, mehmonlar Chimboy tumanida bo‘lishdi. Tashrif davomida ular tuman hokimligi tomonidan tashkil etilgan tadbirda qoraqalpoq xalqining boy milliy an’analari, milliy taomlari hamda hunarmandchiligi bilan yaqindan tanishdi.
So‘ngra Taxtako‘pir tumanidagi etnoturistik markaz hamda Qora terang turistik markazida milliy kuy-qo‘shiqlardan bahramand bo‘lishdi.
Qoraqalpoq xalqining boy madaniy merosi va qadriyatlari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.
Ertaga forumning asosiy tadbirlari Nukus shahridagi “Oq qush” majmuasida davom etadi.
Shu kecha va kunduzda
Markaziy Osiyoda bandlik va farovonlik masalalari Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazida muhokama qilindi
PISA Boshqaruv kengashining 60-yubiley sessiyasi
Yana bir Osiyo chempioni
MIKROFON OLDIDA MAS’ULIYAT – YO‘QOLGAN QADRIYATMI?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank