Ilm olishdan oldin o‘zingizni ruhan tayyorlang
“Stakanni bo‘shat!” degan ibora bor psixologlarda. Bu nima dersiz? To‘la stakanga boshqa suyuqlik sig‘maydi. Ilm olishdan oldin o‘zingizni ruhan tayyorlang. Niyatni ulug‘ va butun qiling, oldingizga katta maqsad qo‘ying, shu maqsadga erishish uchun har qanday mehnat-u mashaqqatga tayyorman deya ahd qiling, kibrni yenging! Va bu ko‘rsatmalarga uzluksiz, qat’iy amal qiling. Miyangizning ilmga to‘la ochilishi uchun “stakaningizni bo‘shating, to‘king!”. Ya’ni “bilaman”, “zo‘rman” demang – bunda yuksalmaysiz. “Tayyorman!”, “Ochiqman!”, “Tashnaman!”, “O‘qiyman!”, “Bajaraman!” deng. Aslo yutqazmaysiz. Ana shunda berilgan bilimlarni yaxshi o‘zlashtirasiz, ana shunda maqsadga erishasiz. Hammangizga omad tilab o‘z fikrlari, kechinmalari, anglamalarini yozib borishni niyat qilgan:
Salomat ESHIMBETOVA,
Beruniy tumanidagi
47-maktab o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
SADOQAT TIMSOLI
Mehr bilan yengilgan dardlar
Ochiq eshiklar kuni
Ilm-fan taraqqiyotida ayollar: tarix, bugun va kelajak
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank