Jaloliddin Manguberdiga tegishli "Yada" toshining asli Buyuk Britaniyada saqlanishi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Axborot xizmatining xabar berishicha Jaloliddin Manguberdiga mansub "yada" toshi bugungi kunda Britaniya muzeyida saqlanmoqda.
Ushbu tosh o‘ymakorlik va gravyurali ishlanish texnikasida tayyorlangan bo‘lib, islom madaniyatiga oid arxitekturaga mansub nodir eksponat hisoblanadi.
Uning balandligi 29, kengligi 50, qalinligi 32 santimetrni tashkil etadi. Og‘irligi esa 42,5 kilogramga teng.
Tosh Eron hududidan topilgan va sotib olingan. U muzeyda №1990.06.12.1 raqami bilan qayd qilingan bo‘lib, milodiy 1230-1231 yilda ishlangani manbalarda qayd etilgan.
Eksponatga “mazkur tosh Jaloliddin Xorazmshoh umrining oxirgi yillaridagi sharqiy Turkiya, shimoli-g‘arbiy Eron va Ozarbayjondagi harbiy yurishlaridan xabar beradi”, degan ta’rif berilgan.
Mirzo Ulug‘bekning "To‘rt ulus tarixi" kitobida ham yada (jada) toshi haqida qayd etib ketilgan. Unda, turklar yomon niyatlardan qochish uchun fol ochishda ishlatgani aytilgan.
Shu kecha va kunduzda
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank