OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
37.jpg)
29-aprel kuni Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash, o‘quvchilar tarbiyasi, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish masalalariga bag‘ishlangan kengaytirilgan yig‘ilish oʻtkazilgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan sodir etilgan jinoyatlar soni 335 tani tashkil qilgan.
Eng ko‘p holatlar davlat oliy o‘quv yurtlarida(179 ta) va nodavlat oliygohlarda (140 ta) qayd etilgan. Jinoyatlarning asosiy qismini firibgarlik(72 ta), o‘g‘rilik(57 ta), tan jarohati yetkazish(46 ta) va bosqinchilik(41 ta) tashkil etgan.
Joriy yilning birinchi uch oyida yoshlar tomonidan jami 368 ta jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 36 tasi xorijiy, 36 tasi nodavlat, 86 tasi talabalar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Tadbir davomida 2025-yil boshida 63 ta oliy ta’lim muassasasida o‘tkazilgan profilaktik inspeksiya natijalari ham e’lon qilindi. 51 ta OTMda ichki ishlar xodimlari faoliyat yuritmoqda, ularning 34 tasi nodavlat, 16 tasi xorijiy ta’lim muassasalaridir.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan oliy ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan 1091 ta tarbiyachi shtati mavjud ekani, ulardan 1037 nafari faoliyat yuritayotgani va qamrov darajasi 95 foizga yetgani bildirildi. Ayni paytda 24 ta xususiy va 16 ta xorijiy oliygohda tarbiyachi faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan.
Shu kecha va kunduzda
OTMlarda jinoyatchilik statistikasi eʼlon qilindi
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank