Mahalla – islohotlar ko‘zgusi
Mahalla azaliy qadriyatlar, urf-odat va an’analarini o‘zida mujassam etgan noyob ijtimoiy institut sifatida jamiyatda o‘zaro hamjihatlik, ijtimoiy himoya, tarbiya va jamoatchilik nazoratini ta’minlab kelmoqda. Davlatning har bir sohada amalga oshirayotgan islohotlari avvalo, mahalla hayotida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham mahallalarga borib, o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, tanishib, jarayon ichida axborot olish har bir jurnalist faoliyatida muhim hodisa.
O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tomonidan O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi bilan hamkorlikda “Yangi O‘zbekiston mahallalari – obodlik va birlik manzili” shiori ostida Toshkent viloyati hududida ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida media-tur tashkil etildi. Dastlab O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o‘rinbosari D.Allayev OAV vakillarini markaziy binodagi ish jarayonlari, yaratilgan sharoitlar, Media markaz va Situasion markaz faoliyati bilan tanishtirdi.
Shundan so‘ng media-tur ishtirokchilari Toshkent viloyati hududlariga yo‘l olib, “mahalla yettiligi” faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, bandlik va ijtimoiy himoya yo‘nalishidagi ishlar amalda ko‘rsatildi. Shuningdek, mahallada o‘tkazilgan sumalak sayli orqali milliy qadriyatlar, hamjihatlik va qo‘shnichilik an’analari namoyon etilib, nuroniylar o‘rtasida sport tadbirlari hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tashabbuslar ko‘rsatildi. “Kambag‘allikdan farovonlik sari” va “Bir mahalla – bir mahsulot” tamoyillari asosida oilaviy tadbirkorlik va tomorqa xo‘jaligi bo‘yicha amaliy natijalar ham namoyish etildi.
O‘rta Chirchiq tumanidagi “Do‘stlik” mahallasi, Piskent tumanidagi “Mingtepa” mahallasi hamda Bo‘ka tumanidagi “Qo‘ldoshtepa” va “Navobod” mahallalarida yangi tashkil etilgan tikuvchilik va kasb-hunar o‘quv markazlari, zamonaviy kutubxona, mahalla binosi, “Nuroniylar maskani”, xizmat ko‘rsatish ob’yektlari hamda sport infratuzilmalari faoliyati bilan tanishildi. Yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan tikuv fabrikasi, mahalla binosi, kutubxona va tibbiyot punkti faoliyati, shuningdek, sport maydonlari va mini-stadionda yoshlar ishtirokidagi mashg‘ulotlar namoyish etildi.
Shu kecha va kunduzda
Mahalla – islohotlar ko‘zgusi
TOYLOQDA “AMIR TEMUR BOG‘I” FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Maktabim mening
“Yakshi emas, yaxshi” Nega bolalarda nutq kechikishi kuzatilmoqda?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank