Joriy yildan chet tili 1-blok bo‘lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘ladi
865.webp)
Joriy yildan chet tili 1-blok bo‘lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo‘ladi
Bu haqda Bilimlarni baholash agentligi eslatdi.
✅ 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.
⚠️ Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.
❓Bu nimani anglatadi?
✅ 2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,1 ball) sifatida belgilangan bo‘lsa, ushbu yo‘nalishga faqat tegishli til sertifikatiga ega abituriyentlargina hujjat topshira oladi.
🔰 Kimlar uchun muhim?
✔️ Xorijiy filologiya va tarjima yo‘nalishlariga topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar
✔️ Chet tili birinchi fan bo‘lgan pedagogika yo‘nalishlari
✔️ Xalqaro munosabatlar, xalqaro biznes va turizm sohalariga hujjat topshirmoqchi bo‘lganlar
✅ Qaysi sertifikat talab etiladi?
Abituriyentlar milliy yoki xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lishi kerak. Bu CEFR (B2 yoki undan yuqori daraja), IELTS, TOEFL yoki boshqa ekvivalent sertifikatlarbo‘lishi mumkin.
Kelasi yili test topshirishni rejalashtirayotgan abituriyentlar hoziroq sertifikat olish uchun tayyorgarlikni boshlashi kerak!
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank