KURSANTLAR ZAKOVATDA BELLASHDILAR

Daxldorlik KURSANTLAR ZAKOVATDA BELLASHDILAR
34


FVV Akademiyasida Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi bilan FVV Akademiyasi hamkorligida buyuk sarkarda va davlat arbobi Sohibqiron Amir Temur tavalludining 690 yilligi hamda “Yoshlar kuni” doirasida Oliy harbiy taʼlim muassasalari oʻrtasida “Kuch adolatda” shiori ostida “Zakovat” intellektual o‘yini yuqori saviyada tashkil etildi.




Mazkur intellektual bellashuvda "Zakovat" intellektual klubi nodavlat notijorat tashkiloti masʼullari, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, Bojxona instituti, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasi, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, Jamoat xavfsizligi universiteti, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa instituti hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar va talabalar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.




"Zakovat" intellektual klubi masʼul xodimi Muhiddin Usmonov boshchiligidagi hakamlar intellektual o‘yinni adolatli va shaffof baholab borishdi va jamoalar bilim, tafakkur tezkorligi va mantiqiy fikrlash ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazdilar.

Xususan, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Yuristlar” va “Yuristlar-2”, Bojxona institutining “Bojxonachilar”, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasining “Iftixor”, Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetining “Ma’rifat”, Jamoat xavfsizligi universitetining “Talabalar” jamoasi, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va harbiy aloqa institutining “Aloqachilar” hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Qutqaruvchilar” jamoalari o‘zaro murosasiz bahs olib bordilar.


Bellashuv yakunlariga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Akademiyasining “Iftixor” jamoasi faxrli 3-o‘rinni egalladi. Jamoat xavfsizligi universitetining “Talabalar” jamoasi faxrli 2-o‘ringa sazovor bo‘ldi. Bojxona institutining “Bojxonachilar” jamoasi esa yuqori natijalarni qayd etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.




Tadbir yakunida tashkilotchilar tomonidan g‘olib va sovrindor jamoalarga, shuningdek faol ishtirok etgan yoshlarga diplom, tashakkurnoma, sara asarlardan iborat kitoblar to‘plami hamda esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, mazkur intellektual bellashuvning yuqori saviyada tashkil etilgani alohida e’tirof etilib, ishtirokchi yoshlar hamda taklif etilgan mehmonlar tomonidan Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi rahbariyatiga samimiy minnatdorchilik bildirildi.




Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida intellektual salohiyatni yuksaltirish, ularning bilim va dunyoqarashini kengaytirish, shuningdek, turli oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash bilan birga tadbir davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Madaniyat markazi xonandalari ijrosidagi Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar yoshlarda katta taassurot qoldirdi.


Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi katta oʻqiituvchisi, mayor

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish