O‘zbekiston va Italiya: maktabgacha va maktab ta'limi sohasida yangi kelishuvlarga erishildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligidagi delegatsiya ayni damda Italiya Respublikasida bo‘lib turibdi.
Dastur doirasida vazir Hilola Umarova Perudjia chet elliklar universiteti rektori, professor Valerio De Chezaris bilan uchrashdi. Unda maktabgacha va maktab ta’limi sohasida hamkorlik o‘rnatish, tajriba almashish, ta’lim va ijtimoiy sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish haqida soʻz bordi.
Muhokama davomida xorijiy tashkilot tomonidan oʻqituvchilar malakasini oshirish uchun grant mablagʻlari ajratilishi boʻyicha kelishuvga erishildi. Shundan so‘ng, Italiya xalqaro tashkiloti hamjamiyati (SIOI) prezidenti Rikardo Sessa bilan istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv so‘nggida vazirlik va tashkilot o‘rtasida hamkorlik yuzasidan kelishuv imzolandi. Unga ko‘ra, endi iqtidorli yoshlar ushbu tashkilot bilan hamkorlikdagi almashinuv dasturlarida ishtirok etishadi. Bu haqda Italiyaning SIOI tashkiloti rasmiy sahifasida (https://www.facebook.com/share/p/18sUxB1GAp/)ham ma'lum qilindi.
Shuningdek, vazir Hilola Umarova va “Global Hippo Association” tashkiloti prezidenti Daniyele Piachenti o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tashkilot tomonidan o‘tkazilib kelinayotgan ingliz tili olimpiadasiga MDH mamlakatlaridan talabgorlarni saralash bosqichini joriy yil O‘zbekistonda o‘tkazishga kelishildi.
Shu kecha va kunduzda
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
Gʻalati mavsumning jozibadorligi qayerda yoki davriy nashrlarga an’anaviy obunani kim qanday qarshi olmoqda?
“1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirlari davom etmoqda
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir