Pedagog kadrlarga 70 foiz miqdorida ustama to‘lanish tartibi tasdiqlandi

Jarayon Pedagog kadrlarga 70 foiz miqdorida ustama to‘lanish tartibi tasdiqlandi
186

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish, kasbiy sertifikatlash va rag‘batlantirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qaror qabul qildi.

Unga ko‘ra, Vazir jamg‘armasidan har oylik ustama olish tartibiga o‘zgartishlar kiritildi.


Asosiy o‘zgarishlar:
Nomzodlarni tanlash tartibi: Endilikda ustama olish uchun nomzodlar ro‘yxati hududiy kengashlar tavsiyasi asosida emas, balki barcha fan o‘qituvchilari uchun ochiq bo‘lgan sinovlar orqali shakllantiriladi.


MTT tarbiyachilari uchun imkoniyatlar: 
Ilgari Maktabgacha ta’lim tashkilotlari (MTT) tarbiyachilari ustama olishga da’vogarlik qila olmagan bo‘lsa, endi ular ham sinovlarda ishtirok etib, ustama olishlari mumkin.



Malaka toifa sinovlari: 
Pedagog kadrlarga tarif stavkalarining amaldagi miqdorlariga nisbatan 70 foiz miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanish tartibi tasdiqlandi. Bu malaka toifa test sinovlarida ishtirok etib, oliy yoki birinchi malaka toifasiga erishgan va 86 yoki undan yuqori ball to‘plagan pedagoglarga taalluqli.



Sertifikatga ega pedagoglar uchun yengilliklar: 
Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan berilgan umumta’lim fanini bilish darajasi to‘g‘risidagi sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglar, navbatdagi majburiy attestatsiyaning birinchi bosqichi (mutaxassislik fani va kasb standarti) bo‘yicha malaka sinovidan ozod qilinadi.



Bu o‘zgarishlar pedagoglarning malakasini oshirish va ularni rag‘batlantirishga qaratilgan muhim qadamlardir.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Maktab
  • #Pedagog

Ulashish