Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev hududlar rivoji, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida bugun – 15-aprel kuni Andijon viloyatiga keldi.
Maʼlumot uchun, hozirda Andijon xalqaro aeroporti modernizatsiya qilinmoqda. Tashrif avvalida davlat rahbariga shu haqda axborot berildi.
Mazkur aeroport 1978-yilda qurilgan boʻlib, hozirgi talablarga mos kelmay qolgan edi. Uchish-qoʻnish yoʻlagining yuk koʻtarish qobiliyati pastligi, zamonaviy yoritish tizimining yoʻqligi sababli qatnovlarni qabul qilish imkoniyatlari cheklangandi.
Bugungi kunda rekonstruksiya ishlarining birinchi bosqichi bitkazilgan.
Kelgusida bu yerda Boeing, Airbus rusumidagi yirik samolyotlarni ham, noqulay ob-havo sharoiti va tungi vaqtlarda ham qabul qilish mumkin boʻladi. Bu kunlik parvozlar sonini 10 barobargacha oshirish imkonini beradi.
Endi, ikkinchi bosqichda yoʻlovchi terminalini yangidan qurish koʻzda tutilgan. Bu orqali yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish quvvati soatiga avvalgi 300 tadan 1000 taga, parvozlar soni yiliga 584 tadan 3 ming 700 taga ortadi. Bu Andijon shahri va Fargʻona vodiysiga qatnovlar sonini koʻpaytirishga xizmat qiladi.
Faoliyatini qayta boshlagan mazkur aeroportda hozirda Toshkent – Andijon – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha parvozlar amalga oshirilmoqda.
Prezident bu yerda samarali boshqaruvni yoʻlga qoʻyish, xizmatlarni arzon qilib, mahalliy va xalqaro parvozlarni koʻpaytirish boʻyicha koʻrsatmalar berdi.
Shu kecha va kunduzda
Prezident Andijon aeroportida olib borilayotgan modernizatsiyalash ishlari bilan tanishdi
“FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH VA FUQARO MUHOFAZASI OYLIGI” DOIRASIDAGI TADBIR
358-maktab tajribasini o‘rganamiz!
Bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank