Ikki davr, bir maqsad: Behbudiy va Sulton Qobus merosi
Ajdodlar merosi − bebaho xazina
1.50k
Ma’lumki, Mahmudxo‘ja Behbudiyning asarlari, pedagogik qarashlari va siyosiy faoliyati nafaqat O‘zbekiston, balki butun musulmon sharqida yangidan ma’naviy uyg‘onishga zamin yaratdi. O‘mon Sultonligi tarixida esa Sulton Qobus bin Said hazratlari ham ana shunday ma’rifatparvar inson sifatida xotirlanadi. Ular turli davr va mintaqada yashab, faoliyat olib borgan bo‘lsa-da, g‘oyaviy qarashlari, xalqni ma’rifatli qilish borasidagi maqsadlari mushtarak edi.