V “Ustozlar milliy forumi” o‘z ishini boshladi

Jarayon V “Ustozlar milliy forumi” o‘z ishini boshladi
47

“Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” tashkil etildi. Jarayonda 300 dan ortiq pedagog ishtirok etmoqda. Forum ta’lim tizimida yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik ko‘rish, pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish, ilg‘or tajriba va zamonaviy yondashuvlarni ommalashtirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.



Tadbir doirasida ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, pedagog kadrlarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish masalalari muhokama qilinmoqda.


Shuningdek, forum ishtirokchilari uchun malakali mutaxassislar tomonidan turli yo‘nalishlarda mahorat darslari tashkil etilmoqda. Jumladan, maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish, qo‘shimcha ta’limni yangi bosqichga olib chiqish, xorijiy mutaxassislar bilan ishlash, davlat-xususiy sheriklik loyihalari, media monitoring, davlat tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi, yangi avlod darsliklari va zamonaviy o‘qitish metodikasi kabi dolzarb mavzular qamrab olingan.


Shu bilan birga, “Kasbiy rivojlanish − ta’lim sifati kafolati: yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar” hamda “Pedagogik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning raqamli ekotizimi” mavzularida ham mahorat darslari o‘tkazilmoqda.


Forum davomida ta’lim tizimidagi yangiliklar, mavjud tajriba va amaliy yechimlar yuzasidan fikr almashilib, yangi o‘quv yilida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olinadi.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Pedagog

Ulashish