Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik: “Prezident sovg‘alari” hududlarga yetkazilmoqda
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik hamda 1-sinf o‘quvchilariga topshiriladigan “Prezident sovg‘alari”ni hududlarga yetkazish jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur tashkil etildi.
Tadbir avvalida OAV vakillari ishtirokida vazirlik huzuridagi “Ta’minot va logistika xizmati” korxonasi tomonidan 1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” karvoni hududlarga kuzatildi.
1-sinf o‘quvchilari uchun tayyorlangan “Prezident sovg‘asi” tarkibiga o‘quv sumkasi, daftarlar, ruchka, oddiy va rangli qalamlar, rangli qog‘oz, plastilin, rasm daftari, o‘chirg‘ich, akvarel bo‘yoqlari, yelim hamda qalamdon kabi 12 turdagi o‘quv qurollari kiritilgan.
Shuningdek, vazirlikning adm.maktab.uz elektron platformasi orqali 1-sinfga qabul qilingan barcha bolalarning ro‘yxati maktablar kesimida shakllantirilgani, bunda nodavlat hamda boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi ta’lim muassasalari o‘quvchilari ham inobatga olingani ma’lum qilindi.
– Har bir darslik Vazirlar Mahkamasining 726-sonli qarori bilan tasdiqlangan texnik reglament asosida chiqarilgan, – deydi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Oʻquv jarayonini metodik jihatdan taʼminlash va darsliklar boshqarmasi boshlig‘i Qahramon Almardanov. – Boshlang‘ich sinflarning darsliklari 420 gr dan oshmasligi belgilangan. Har yili vazirlik qoshida ishchi guruh tuziladi va bu ishchi guruh reglament bo‘yicha me’yorlarga amal qilinayotganini tekshirib boradi. 1-sinflarda 16 nomdagi darslik va 8 nomdagi mashq daftarlarining har birining masshtab talablari va og‘irlik me’yorlari ko‘rib chiqilgan. Dars jadvali bo‘yicha ham kitoblar soni va ularning og‘irligi darajasi tekshirib chiqiladi va bir kungi darsliklar miqdori tahminan 1.5 kg dan oshmaydi.
Bilamizki, 2–4-sinf darsliklari har 3 yilda yangilanadi. Mana bu yil 2, 3, 4-sinflar darsliklari ham yangi formatda o‘quvchilarimiz qo‘liga yetib boradi, – deydi Qahramon Almardanov. – Alohida yangilik sifatida aytishimiz mumkinki, joriy yili 4-sinfdan boshlab informatika darslari ham o‘quv dasturlariga kiritildi. Bu fandan ham zamonaviy va kreativ darsliklar chop etildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan Sharqiy Xitoy pedagogika universitetining sun’iy intellekt bo‘yicha 7 nomdagi o‘quv qo‘llanmalari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, nashr qilinmoqda. Yangi o‘quv yili uchun ushbu o‘quv qo‘llanmalar ham barcha umumta’lim maktablariga yetkaziladi. Bu qo‘llanmalar darsdan tashqari mashg‘ulotlar sifatida informatika fani o‘qituvchilari tomonidan o‘qitiladi.
Shu kecha va kunduzda
FVV Akademiyasida Mustaqillikning 35 yilligi
Bahor g‘unchalari… gul bo‘lsin!
SUN’IY INTELLEKT VA O‘ZBEK TILI: RAQAMLI MAKONDA MILLIY TAFAKKURNI QANDAY SAQLAB QOLAMIZ?
SO‘ZGA SIG‘G AN OLAM
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank