Prezident Shavkat Mirziyoyev: “Bizning kuchimiz — birlik va ahillikda”

"Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Prezident Shavkat Mirziyoyev va barcha davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tdi.
Unda davlatimiz rahbari nutq so‘zlab, xalqimizni ayyom bilan tabrikladi.
Bahor shukuhi va Navro‘z shodiyonalari taralib turgan ko‘rkam bog‘da ertalabdan yurtdoshlarimiz umumxalq bayramni qutlash maqsadida jamuljam bo‘ldilar.
Davlat rahbari “Navro‘z azaldan xalqimizning milliy va umumbashariy qadriyatlarga, dunyoviy davlat tamoyillariga, bag‘rikenglik, chin do‘stlik va hamkorlik g‘oyalariga sodiqligining yaqqol ramzidir”, — deb ta'kidlar ekan, ushbu bayram xalqimiz tomonidan asrlar davomida og‘ir va mashaqqatli, sinovli paytlarda ham asrab-avaylab kelinganini chinakam mo‘’jiza” deb ta’rifladi.
“Ayniqsa, insonning tabiat va borliq bilan uyg‘unligi, yaratuvchanlik ishtiyoqi, g‘ayrat va shijoati, o‘zaro hamjihatlik, mehr-oqibat va saxovat kabi olijanob fazilatlari Navro‘z timsolida yanada yorqin namoyon bo‘ladi”, — dedi u.
Davlatimiz rahbari dehqon va fermerlar, bog‘bon va chorvadorlarga alohida ehtirom izhor etdi. Shuningdek, mamlakatda inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolat tamoyillarini mustahkamlash, aholi daromadlari va turmush darajasini yuksaltirish yo‘lida qat’iy qadamlar qo‘yilayotganini ta’kidladi.
Ayniqsa, “Sizlar Vatanimiz osmonida yorqin yulduzlar bo‘lib porlaydigan vaqt keldi” deya yoshlarga qarata, ularning yutuqlaridan ruhlanib murojaat qilgani barcha tadbir ishtorokchilarining olqishiga sazovor bo‘ldi.
Prezident tomonidan birdamlikka va g‘ayrat-shijoat bilan yurt ravnaqiga hissa qo‘shishga ruhlantiruvchi jarangdor va qat'iy undovlar vatandoshlarimizning barchasida ertangi kunga ishonch, ko‘tarinkilik va kuch bag‘ishladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Zero, Prezident ta'kidlaganidek "Bizning kuchimiz — birlik va ahillikda"!
Shu kecha va kunduzda
Inson qadri – eng oliy qadriyat
XALQI MA’NAVIYATLI VATAN – KUCHLI
XOTIRA – MUQADDAS!
TAVSIYANOMALAR TANTANALI TOPSHIRILDI
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

O‘zbekiston va Italiya: maktabgacha va maktab ta'limi sohasida yangi kelishuvlarga erishildi

Shavkat Mirziyoyev Emmanuel Makronga “Kulayotgan odam” romanining ilk nusxasini sovg‘a qildi
