O‘zbekiston – Xitoy: SHHT doirasidagi hamkorlik

O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Jurnalistlari uyushmasining Farg‘ona viloyati bo‘limi, “Farg‘ona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyati Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida “O‘zbekiston – Xitoy: SHHT doirasidagi hamkorlik” mavzusida fotoko‘rgazma va tanlov tashkil etildi.
Bugun mamlakatimizda chet davlatlar bilan iqtisodiy, siyosiy, madaniy aloqalar yuksak darajaga ko‘tarildi. SHHT doirasidagi faoliyatning yangi bosqichga ko‘tarilgani ham O‘zbekistonning xalqaro miqyosdagi mavqeyini mustahkamlashga hissa qo‘shdi. Ana shunday hamkorlik dasturlarini astoydil amalga oshirayotgan O‘zbekiston jurnalistlari, fotomuxbirlari hamisha jarayonning qoq markazida bo‘ladilar. Ular nafaqat SHHTrasmiy uchrashuv, sammit va forumlari, balki unga a’zo davlatlarning iqtisodiy aloqalarini ham keng va chuqur tahlil qilgan holda yoritmoqdalar.
Mazkur ko‘rgazma va tanlovda mamlakatdagi 27 nafar fotoijodkor 500dan ortiq fotosuratlari bilan qatnashdi. Hay’at ulardan 94 tasini tanlab oldi va ular ko‘rgazmada namoyishga qo‘yildi.
Fotosuratlarda so‘nggi o‘n yilda O‘zbekiston – Xitoy iqtisodiy-siyosiy munosabatlari o‘z aksini topgan. Ko‘rgazma 15–22 avgust kunlari davom etadi.
Nazokat XOLMETOVA,
“Ma’rifat” muxbiri
Shu kecha va kunduzda
Sog‘lom turmush sari yana bir odim
O‘zbekiston – Xitoy: SHHT doirasidagi hamkorlik
“Ustozlar milliy forumi”ning Toshkent shahar bosqichi oʻz ishini boshladi
Malaka oshirish istagidagi shaxslarga “kasb vaucheri” beriladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank