RAQAMLI AVLOD QIZLARI—2025

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan 24—29-aprel kunlari “Raqamli avlod qizlari—2025” IT haftaligi tashkil etilmoqda. TadbirToshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan “Renessans” bolalar oromgohida bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur loyihadan ko‘zlangan maqsad — ayol-qizlarning axborot texnologiyalar sohasidagi rolini oshirish, ularni zamonaviy kasblarga yo‘naltirish hamda ishlab chiqilgan g‘oya va loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Bu yilgi “Raqamli avlod qizlari” tadbirida Ta’lim, sun’iy intellekt, yashil iqtisodiyot va iqlim o‘zgarishi kabi yo‘nalishlarda darslar bo‘lib o‘tmoqda. Mashg‘ulotlar doirasida malakali xorijlik va mahalliy spikerlar ishtirokida davra suhbatlari ham tashkil etilgan.
Shuningdek, haftalik doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ishtirokchi qizlar bilan ochiq muloqot qildi. Unda qizlarning takliflari tinglanib, barcha savollariga batafsil javob berildi.
Mashg‘ulotlarga 150 nafardan ortiq (shundan 30 nafardan ortiqroq ozarbayjonlik, iordaniyalik va xitoylik qizlar) qatnashishmoqda. Loyihaning xorijlik ishtirokchilari tadbir doirasida Samarqandning diqqatga sazovor joylarida ham bo‘lishdi. Ular "Raqamli avlod qizlariv—2025"da o‘z loyiha ishlari bilan qatnashishmoqda.
Mashg‘ulotlar musobaqalar tarzida tashkil etilgan. Unda ishtirokchi qizlar o‘z startap loyihalarini ishlab chiqishadi hamda taqdimot qilishadi.
Gʻoliblar tadbirning tantanali yopilish marosimida qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. Shuningdek, g‘olib ishtirokchilar xorijiy davlatga ta’lim sayohati yo‘llanmasini yutib olishadi.
Ma’lumot o‘rnida: mazkur loyiha 2021-yildan buyon doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Hozirga qadar unda 7 ming nafardan ortiq qizlar ishtirok etishdi.
Shu kecha va kunduzda
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi
2030-yilgacha eng tez o‘sadigan kasblar e’lon qilindi
O‘QUVCHILARNING SUMKALARI STANDART BO‘YICHA NECHA KILOGRAM BO‘LISHI KERAK?
Ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun arizalar 10-iyuldan qabul qilinadi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

2030-yilgacha eng tez o‘sadigan kasblar e’lon qilindi

O‘QUVCHILARNING SUMKALARI STANDART BO‘YICHA NECHA KILOGRAM BO‘LISHI KERAK?
