Sog‘lom turmush sari yana bir odim
Jarayon
1.74k
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Hamkorlik kubogi” sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bellashuvlar “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilib, poytaxtimizdagi bir qator oliy ta’lim muassasalari xodimlarini birlashtirdi. Jarayonda Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi jamoalari mini futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka va kibersport yo‘nalishlarida kuch sinashdi.