SSV: O‘zbek shifokorlari siam egizaklarini shoshilinch ravishda noyob operatsiya orqali ajratib oldi

Siz nima deysiz? SSV: O‘zbek shifokorlari siam egizaklarini shoshilinch ravishda noyob operatsiya orqali ajratib oldi
51

🔴 🟦🟦🟦🟦


❗️SSV: O‘zbek shifokorlari siam egizaklarini shoshilinch ravishda noyob operatsiya orqali ajratib oldi


🔬 Chirchiq shahrida joylashgan Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyati filialida noyob operatsiya o‘tkazildi.




🔎 Homiladorlikning 33-34-haftasida “kesarcha kesish” yo‘li bilan muddatidan avval dunyoga kelgan siam egizaklari tug‘uruqdan 9 soat o‘tib, shoshilinch ravishda, ustiga-ustak, mahalliy sharoitda o‘ta murakkab amaliyot orqali ajratib olindi.


👨‍⚕️ Besh soat davom etgan yuqori texnologik operatsiya Respublika perinatal markazi qoshidagi Neonatal xirurgiya markazi rahbari, tibbiyot fanlari doktori, professor Baxtiyor Ergashev boshchiligidagi bir guruh malakali mutaxassislar tomonidan bajarildi.


➡️ Bugun Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudayarov ushbu chaqaloqlar holidan xabar oldi.




💬 — Bunday o‘ta murakkab amaliyotlar hamma davlatlarda ham amalga oshirilavermaydi, — dedi vazir. — Hatto, tibbiyoti taraqqiy etgan mamlakatlarda ham uzoq muddatli tahlillar va katta tayyorgarlikdan so‘ng bajariladi. Chunki bu — o‘ta noyob operatsiya. Mana shunday muddatidan avval tug‘ilgan siam egizaklarining shoshilinch ravishda hamda viloyat darajasida muvaffaqiyatli ajratib olinishi mamlakatimiz tibbiyoti yangi bosqichga ko‘tarilganining yorqin dalilidir.


⌛️ Siam egizaklarini ajratib olish operatsiyasida ishtirok etgan bir guruh mutaxassislar vazir A.Xudayarov tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.


📌 Salomatligi yaxshilangan jajji bemorlar va ularning onasiga bugun shifoxonadan uyiga javob berildi.


📹 SSV Matbuot xizmati tomonidan shu haqda tayyorlangan batafsil material va videolavha bilan yaqin vaqtlarda tanishasiz.


Sog‘liqni saqlash vazirligi

Matbuot xizmati. 



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish