V xalqaro ilmiy anjuman

Ehtirom V xalqaro ilmiy anjuman
62

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademiki, Toshkent davlat texnika universiteti Elektr stansiyalari, tarmoqlari va tizimlari kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Qahramon Allayev tavalludining 80 yilligiga bag‘ishlangan “Elektr ta’minoti tizimining dolzarb muammolari” mavzusida V xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. 


Anjumanda bir qancha davlatlarning (Xitoy xalq Respublikasi, Malayziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va h.k.) olimlari hamda mamlakatimizning bir qator vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etib, atoqli olimni tavallud kuni bilan tabriklashdi.


Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Abduhalil Rahmonov ham ishtirok etib, Qahramon Allayev qizg‘in tabrikladi va esdalik sovg‘alarini topshirdi.


Fursatdan foydalanib, kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linma Kengashi jamoasi nomidan atoqli olim, Akademik Allayev Qahramon qutlug‘ yoshi bilan samimiy tabriklab, ustozga uzoq umr, sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik va kelgusi ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish