“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!”
Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 2025-2026-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Talabalikka bagʻishlov!” nomli maʼnaviy-maʼrifiy bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.
Tadbir avvalida akademiya rektori Muzaffar Komilov yigʻilganlarni Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi hamda yangi oʻquv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, yoshlarning oliy taʼlimga qamrovini oshirish, zamonaviy va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash borasida olib borilayotgan izchil islohotlarni taʼkidladi.
Tadbir davomida Din ishlari boʻyicha qoʻmita raisining birinchi oʻrinbosari Davronbek Maxsudov, Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Iqboljon Mirzaaliyev va Akademiya dotsenti Abdulhay Abdullayev ham yigʻilganlarni bayram bilan muborakbod etishdi. Shuningdek, jarayonda talabalar va ularning ota-onalari ham oʻz fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Tadbir talabalar tomonidan ijro etilgan Vatan, istiqlol va yoshlikni tarannum etuvchi kuy-qoʻshiqlar va sheʼrlarga ulanib ketdi.
Tantanali marosim auditoriyalardagi “Mustaqillik darslari” bilan davom etdi.
Shu kecha va kunduzda
Vazir va yoshlar uchrashuvi
Milliy qadriyatlarimiz – millatimiz iftixori
Mahalla – islohotlar ko‘zgusi
TOYLOQDA “AMIR TEMUR BOG‘I” FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank