KITOBXONLIK – MA’NAVIY YETUK AVLOD TARBIYASINING MUHIM OMILI
Qoraqalpog‘iston Respublikasi “Kelajak” markazi tomonidan hududiy “Bolalar kutubxonalari” tomonidan o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish hamda kitobxonlik tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga asosan Bolalar kutubxonasi va “Kelajak” markazi bilan hamkorlikda turli tadbirlar tashkil etilmoqda. Jumladan, “Bolaligimizning yozuvchilari”, “Kitobga bo‘lgan mehr bizni birlashtirdi” kabi ma’rifiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar, intellektual-ijodiy o‘yinlar, ko‘rgazma va taqdimotlar o‘quvchilarda kitobga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilmoqda.
Nukus shahridagi “Aral” bolalar dam olish va sog‘lomlashtirish oromgohida Bolalar kutubxonasi hamda “Kelajak markazi” hamkorligida “Kitobga bo‘lgan mehr bizni birlashtiradi” shiori ostida “Bolaligim davri yozuvchilari” mavzusida yozuvchi-shoirlar bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmalari a’zolari, bolalar yozuvchisi va shoiri G. Juginisov hamda shoir B. Bekmuratovlar ishtirok etdi.
O‘quvchilarni yangi nashrlar bilan yaqindan tanishishi uchun “Yangi kitoblar bilan tanishing”, “Yoz, kitob va men” kabi mavzularda kitob ko‘rgazmalari va taqdimotlari o‘tkazilib, kutubxonaga yangi kelgan badiiy adabiyotlar kitobxonlarga keng targ‘ib qilinmoqda. Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan animatsion filmlar taqdimoti hamda ularning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan ko‘rgazma va muhokamalar orqali yoshlarning badiiy-estetik didini shakllantirish, mazmunli asar va filmlarni tanlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga hissa qo‘shmoqda. Nogironligi bo‘lgan va ko‘p bolali oilalardagi bolalar uchun maxsus “Mehr kitoblari” aksiyasi tashkil etilib, ularga kitoblar ulashildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlab “Mustaqillik madhiyasi – bolalar ijodida” mavzusida tanlov o‘tkazilishi ham yoshlarning ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun muhim imkoniyat yaratdi. Ota-onalar va farzandlar ishtirokida “Oilaviy mutolaa kuni” o‘tkazilib, birgalikda kitob o‘qish, asarlar mazmuni yuzasidan fikr almashishga yo‘naltirilgan qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil qilindi. Zero, oilada kitobxonlik muhiti shakllansa, bolaning mutolaaga bo‘lgan qiziqishi ham tabiiy ravishda ortib boradi. Milliy adabiyotimizning boy merosini yosh avlodga yetkazish maqsadida taniqli adib O‘tkir Hoshimov tavalludining 85 yilligiga bag‘ishlab bibliografik ko‘rsatkichlar tayyorlanib, adib asarlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Bugun kitob bilan do‘stlashgan, mutolaani hayotining ajralmas qismiga aylantirgan yoshlar ertaga jamiyatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan, yurtimizning yorqin kelajagini bunyod etadigan avlod bo‘lib voyaga yetadi.
Shu ma’noda Bolalar kutubxonasi nafaqat kitob o‘qiladigan, balki ma’rifat, ijod, tarbiya va ezgu orzular maskani sifatida o‘zining muhim vazifasini izchil davom ettirmoqda.
Sayora SAPARNIYAZOVA,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bolalar kutubxonasi
Ma’lumot va bibliografiya sektori xodimi
Shu kecha va kunduzda
KITOBXONLIK – MA’NAVIY YETUK AVLOD TARBIYASINING MUHIM OMILI
OTMlarda talabalarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilmoqda
ILMIY-AMALIY ANJUMAN
❔“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank