ILMIY-AMALIY ANJUMAN
Daxldorlik
18
#anjuman
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida 19-avgust kuni “Yangi O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlar sohasini rivojlantirish: xavfsizlik, inson huquqlarini ta’minlash va raqamli texnologiyalarni joriy etishning dolzarb masalalari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumandan koʻzlangan maqsad - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-120-son qarori ijrosini ta’minlash, mamlakatimiz mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish, favqulodda vaziyatlar sohasini yanada rivojlantirish, xavfsizlikni mustahkamlash, zamonaviy innovatsion va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ilm-fan, ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirishdan iboratdir.
Mazkur anjumanda Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” markazi “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati faol a’zosi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, xalqaro toifadagi spiker, falsafa fanlari doktori, professor Jamila Shermuhammedova, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy Majlisdagi vakolatli vakili Toʻlqin Abdusattorov, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisining o‘rinbosari, yuridik fanlar doktori, professor Asqar G‘afurov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzuridagi Davlat va huquq instituti direktori oʻrinbosari yuridik fanlar doktori professor, Abdumannop Tulaganov, O‘zbekiston Respublikasi Odil sudlov akademiyasi kafedra mudiri, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Erkinjon Sabirov, shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tinglovchilari, harbiy xizmatchilari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov ochib, anjuman mavzusining dolzarbligi, favqulodda vaziyatlar sohasini ilmiy asosda rivojlantirish, xavfsizlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish hamda zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish masalalarining ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Anjumanda so‘zga chiqqanlar tomonidan xavfsizlikni ta’minlash va inson huquqlarini himoya qilish, favqulodda vaziyatlar sohasini rivojlantirishning huquqiy asoslarini takomillashtirish, raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish hamda sohada ilm-fan va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. Mavzu doirasida taklif va tavsiyalar ilgari surilib, ishtirokchilar bilan fikr almashildi.
Anjuman doirasida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining Ilmiy-innovatsion tadqiqotlarni muvofiqlashtirish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘limi ilmiy xodimi, katta leytenant Sherali Mustaqimov tomonidan zamonaviy ilmiy-innovatsion texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan uchuvchisiz uchish apparati, shuningdek, uning ilmiy ishlanmalari va ixtirolari taqdimoti ham o‘tkazildi.
Taqdimot davomida zamonaviy texnologiyalarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish, monitoring qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish jarayonlaridagi imkoniyatlari haqida ma’lumotlar berildi.
Anjuman yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berilib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar almashildi.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi, mayor
Shu kecha va kunduzda
ILMIY-AMALIY ANJUMAN
Daxldorlik
❔“Super-kontrakt” haqida eng koʻp soʻralgan savollarga javoblar
Bilasizmi?
HAR AVGUSTDA SHU BO‘LAR TAKROR...
Dolzarb mavzu
Hokim bobo, biznikiga qachon kelasiz?!
Shapaloq
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank