Yana bir Osiyo chempioni
IIB Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Amrillayev Suxrobjon 2025-yilning 21 ̶ 24 fevral kunlari sportning gimnastika turi bo‘yicha poytaxtda o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan Respublika chempionatida zafar quchib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempioni degan nomga sazovor bo‘lgani alohida e’tirofga loyiq.
Shuningdek, u joriy yilning 23 ̶ 26 iyun kunlari sportning gimnastika turi sport akrobatikasi yo‘nalishi bo‘yicha Qozog‘istonda o‘tkazilgan xalqaro turnirda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan edi. Faxrli natijalardan so‘ng, Amrillayev Suxrobjon gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi va sport ustaligiga nomzod deb topildi.
Kuni kecha Hindistonning Goa shahrida barcha yosh toifalarida murosasiz o‘tkazilgan sport gimnastikasi turi bo‘yicha Osiyo chempionatida faol ishtirok etgan, IIB Ixtisoslashtirilgan maktab-internati o‘quvchisi Amrillayev Suxrobjon sport akrobatikasining 3 yo‘nalishida ham g‘oliblikni qo‘lga kiritib, faxrli 1-o‘rin qo‘lga kiritib, Osiyo chempioni bo‘ldi va bu g‘alabasi bilan 2026-yilning sentabr oyida Italiyada o‘tkaziladigan Jahon chempionatiga yo‘llanmani naqd qilib qo‘ydi.
Suxrobjonga omad tilaymiz!
Abduhamid ZIYOYEV,
IIB Ixtisoslashtirilgan maktab-internati oliy toifali jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi
Shu kecha va kunduzda
Yoshlar tarbiyasida oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi
Nega yangi avlod xitoy tilini o‘rganishi shart?
KITOBXONLIK – MA’NAVIY YETUK AVLOD TARBIYASINING MUHIM OMILI
OTMlarda talabalarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank