“1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirlari davom etmoqda

Jarayon “1-oktabr  – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni” bayram tadbirlari davom etmoqda
34

Har bir mamalakatda oʻqituvchilar kuni bor. Chunki ustoz-muallimlarning davlat rivojiga qoʻshayotgan hissasi beqiyos. Shu sababli ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirish lozim. Bizda ham har yili “1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni sifatida nishonlanadi. Ammo bu yilgi tantanalar avvalgilaridan farqliroq. 

Joriy yilning 14-16-sentabr kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni”ga bagʻishlab bayram tadbirlari va madaniy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkillashtirildi. Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan 250 nafarga yaqin maktabgacha, maktab, oliy ta’lim muassasalari xodimlari hamda davlat mukofotlari sohiblari, uzoq yillar tizimda faoliyat yuritgan ustozlar ishtirok etishyapti. 

Bugun ana shu tadbirning uchinchi kuni pedagoglar Oliy Majlis Senati faoliyati bilan tanishib, senatorlar bilan muloqot qilishdi. Shuningdek, Milliy kino san’at saroyida “Muallim” badiiy filmini tomosha qilib, madaniy hordiq chiqarishdi. Biz ularning film haqidagi tassurotlari bilan qiziqdik.

– Bu film ustozlarning ishi qanchalik mas'uliyatli ekanini, shu bilan birga oʻzbek muallimlarining siymosini mahorat bilan gavdalantirib bergan, – deydi "Jizzax international school" xususiy maktabi direktori, "Shuhrat" medali sohibasi Fotima Abdullayeva.  Film qahramoni  yoshi ulugʻ ustoz oʻzining shogirdini Angilyada boʻlib oʻtadigan nufuzli olimpiadaga tayyorlaydi va uni olimpiadada ishtirok etishi uchun bor kuchi bilan harakat qiladi. Film juda ham chuqur gʻoya bilan ishlangan. Uni ayniqsa bugungi kun yoshlari albatta koʻrishlari lozim.


Feruza JOʻRAYEVA,

"Ma'rifat" muxbiri

Maqola muallifi

Feruza Jo‘rayeva

Feruza Jo‘rayeva

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish