10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishi mumkin

Dolzarb mavzu 10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishi mumkin
57

10-sinf o‘quvchilari o‘qishini texnikumlarga ko‘chirishi mumkin


Muhokamalar portaliga ‘‘Kasbiy ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari o‘qishini ko‘chirish yoki qayta tiklash, umumiy o‘rta ta’lim maktablarning 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida’’gi Hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.


Loyihaga ko‘ra, maktablarning 10-sinf o‘quvchilarini texnikumlarga o‘qishini ko‘chirish faqat joriy o‘quv yilida boshlang‘ich kasbiy ta’lim dasturlari asosida maktablarning 9-sinf bitiruvchilari hisobidan shakllantirilgan kunduzgi ta’lim shakliga ruxsat beriladi.

 

👇O‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish Davlat xizmatlari markazi, YIDXP yoki maxsus platforma orqali qishki ta’til davrida 28-dekabrdan 17-yanvargacha amalga oshiriladi. Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim qiladi:


— o‘quvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjat pasporti yoki identifikatsiya ID-kartasidagi JShShIR;


— voyaga yetmagani sababli tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi ma’lumotlari.


Ma’lumot uchun, mazkur Nizom qoidalari nodavlat kasbiy ta’lim tashkilotlari uchun tavsiyaviy hisoblanadi.




Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish