AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA “LEYTENANT” HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
Daxldorlik
27
Barchamizga ma’lumki, shu kunlarda yurtimizda “Yangi O‘zbekistonni yoshlar quradi!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Ayni tadbirlar vazirligimiz tizimida ham ko‘tarinki kayfiyatda tashkil qilinmoqda.
Jumladan, bugun poytaxtimizda joylashgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i”da Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi bitiruvchilarining tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senatorlari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, Toshkent shahar hokimligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar Bosh Boshqarmalari, Fuqaro muhofazasi instituti, Ilmiy innovatsiyalar va sinov tadqiqot instituti va Akademiya rahbariyati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi faxriylari, tegishli vazirliklar va oliy harbiy ta’lim muassasalari mas’ul rahbarlari, taniqli yozuvchi va shoirlar, san’atkorlar, FVV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, harbiy xizmatchilari, kursantlar hamda bitiruvchilarning ota-onalari va yaqinlari, keng jamoatchilik va OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbirni Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor Azizbek Ikramov ochib, yangi O‘zbekistonda Muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari bilan barcha sohalarda ulkan islohotlar amalga oshirilayotgai, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 3-apreldagi “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-123-son Qarori Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga yetuk malakali kadrlar tayyorlashning mutlaqo yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilayotganini e’tirof etdi.
Shuningdek, islohotlar zamirida Akademiya yagona ta’lim kampusi tamoyili asosida rivojlantirilmoqda. Uning tarkibida: Qutqaruvchilar tayyorlash texnikumi; Xorijiy kadrlarni tayyorlash fakulteti; Fuqaro muhofazasi instituti; Malaka oshirish markazi tashkil etilayotgani, bu esa soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashning uzluksiz tizimini shakllantirishga xizmat qilishi, mazkur hujjatga muvofiq, Akademiyada bakalavriat va magistraturaning ikki bosqichli zamonaviy ta’lim tizimi joriy etilayotgani, ta’lim jarayoniga dual ta’lim shakli, raqamli texnologiyalar, virtual poligonlar va simulyatsiya markazlari keng tatbiq etilishi, kursant va tinglovchilarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarini ham mustahkamlash imkonini berayotgani, ayniqsa, ilm-fan, innovatsiyalar va sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga keng joriy etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganish va ilg‘or mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha belgilangan vazifalar kelajakda Akademiyani mintaqadagi yetakchi ta’lim va ilmiy markazlardan biriga aylantirishi shubhasiz ekanligini alohida ta’kidladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Akademiyada ta’lim va tarbiya olgan har bir yosh ofitser Vatanga sadoqat, xalqqa xizmat qilish va insonlar hayotini muhofaza etishdek yuksak qadriyatlarni o‘zining hayotiy shioriga aylantirgan. Shu boisdan ham bugungi tantanani nafaqat bitiruvchilarning hayotidagi muhim bosqich, balki Akademiya tarixida Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti bilan hamohang ravishda yoziladigan yorqin va unitilmas sahifa bo‘lishi tabiiy.
Ushbu tadbirning yana bir e’tiborli tomoni shundaki, Akademiya Orkestri ijrosidagi kuy-navolar ostida davlat madhiyasi bilan boshlangani bo‘ldi va albatta bu onlar yoshlar uchun o‘zgacha ko‘tarinku his-hayajon va yuqori kayfiyat ulashdi. Yana bir quvoharli jihati esa 160 nafardan ortiq bitiruvilarning 9 nafari “imtiyozli”diplomga ega bo‘ldilar. Undan tashqari FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining 20 nafar tinglovchilariga ham magistrlik diplomlari tantanali topshirildi.
Shundan so‘ng tadbirda so‘zga chiqqanlar bitiruvchilarni hayotlaridagi muhim va unutilmas sana — diplom hamda “leytenant” harbiy unvoniga sazovor bo‘lganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar. Qayd etilganidek, bugungi tantana nafaqat ko‘p yillik mashaqqatli ta’limning munosib yakuni, balki Vatan va xalq oldidagi sharafli xizmat yo‘lining boshlanishidir.
Shuningdek, yangi O‘zbekistonda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yurt tinchligi hamda xavfsizligini ta’minlash yo‘lida xizmat qiladigan yosh ofitserlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklanishi alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, bitiruvchilar egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy faoliyatda samarali qo‘llab, xizmat burchiga sadoqat, fidoyilik, halollik va matonat namunasi bo‘lishlari lozimligi qayd etildi. Shu bilan bir qatorda yosh leytenantlar kelgusida xalqimiz ishonchini oqlaydigan, kasbiy mahorati yuksak, ma’naviy barkamol va Vatanga sadoqatli ofitserlar bo‘lib yetishishlariga ishonch bildirdilar. Shuningdek, bitiruvchilarning bugungi yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar, murabbiylar va ota-onalarga samimiy minnatdorlik izhor etildi.
Muxtasar qilib aytganda, ushbu tantanali tadbir ilk bor yangi O‘zbekiston bog‘ida o‘tkazilishi nafaqat Akademiya hayotida, balki vazirlik tizimida ham muhim va tarixiy voqea sifatida alohida ahamiyat kasb etdi. Zero, Yangi O‘zbekiston bog‘i va undagi mustaqillik monumenti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xalqimiz orzu-intilishlari va Vatan taraqqiyotining yorqin ifodasi hisoblanadi. Ana shunday muhtasham maskanda bitiruvchi yosh ofitserlarni mustaqil xizmat yo‘liga oq yo‘l tilash, ularning hayotidagi eng unitilmas va sharafli kunlardan biriga aylandi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.
Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi
Axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi, mayor
Shu kecha va kunduzda
AKADEMIYA BITIRUVCHILARIGA DIPLOM VA “LEYTENANT” HARBIY UNVONI TANTANALI TOPSHIRILDI
Daxldorlik
Bahor fasli g‘oliblari
Jarayon
Toshkentda “InfoCheck Central Asia” xalqaro xakatoni boshlandi
Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi
XALQARO HAMKORLIK – TARAQQIYOT VA ILMIY YUKSALISH OMILI
Xalqaro hayot
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank