Nahotki, mana shunday o‘ta gʻaliz va chuchimal narsalarni kelajagimiz egalari bo‘lgan bolajonlarimizning maktab dasturiga kiritish mumkin bo‘lsa?
Yana deng, 2-sinf o‘qish kitobining bolalar savodxonligini oshirish bo‘limiga-ya?!
Kechirasizlar-u buni qaysi "daho shoir" qanday iste’dod-u qay did bilan yozgan? Qani bu matohda qofiya, ma’ni va mazmun? Didlaringizga insof-u tavfiq bersin! Shu yerga ham tanish-bilishchilik degan kesartki tumshug‘ini suqdimi-a? Shoiri zamon ham to ilhomi kelguncha rosa chirangan bo‘lsa kerak.
Sizlarga bolalarning murg‘ak tasavvuri har qanday narsani ekib, sinab ko‘radigan tajriba maydoni bo‘lib qoldimi? Yozuvchilar uyushmasi qayoqqa qaragan? Hech bo‘lmasa boshlang‘ich sinf o‘qish kitoblarini sifatsiz va ma’nisiz qilmanglar?!
Osiyo GʻOZIYEVA,
Sherobod tumani Gegirdak qishlog‘i
Shu kecha va kunduzda
Millatlararo totuvlik yo‘lida muhim qadam
6 yoshli bolalar uchun maktabga tayyorlov
NIYAT
YO‘L haqida
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank