OTMlarda talabalarni turar joy bilan ta’minlash imkoniyatlari kengaytirilmoqda
Jarayon
130
Yangi o‘quv yili arafasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash, mavjud TTJlardagi sharoitlarni yaxshilash, xavfsiz hamda qulay yashash muhitini yaratish masalalari ko‘rib chiqilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlariga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi.
Jarayonda jurnalistlar, bloger va ommaviy axborot vositalari vakillari ikki oliy ta’lim muassasasida talabalarni turar joy bilan ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. Xususan, talabalar turar joylaridagi sharoitlar, joylashtirish jarayonlari, ijara xonadonlari bilan ishlash amaliyoti hamda yangi infratuzilma obyektlarini barpo etish bo‘yicha loyihalar ko‘zdan kechirildi.