School 21 raqamli texnologiyalar maktabi

Xushxabar School 21 raqamli texnologiyalar maktabi
488

Kuni kecha Toshkent shahridagi School 21 raqamli texnologiyalar maktabi tashkil etilganligining bir yilligi keng nishonlandi. “IT olamiga portal” konsepsiyasi ostida o‘tkazilgan tadbirda maktab ishtirokchilari, Raqamli texnologiyalar vazirligi vakillari, mahalliy va xalqaro kompaniyalar hamkorlari ishtirok etdi. 


Maktabning asosiy missiyasi − yoshlar va barcha fuqarolarga boshlang‘ich tayyorgarlik darajasi, bilimi yoki ish tajribasidan qat’i nazar dasturlashni bepul o‘rganish imkonini taqdim etishdan iborat bo‘lib, bir yil davomida kampusga 45 mingdan ortiq ariza kelib tushgan, 5000 dan ortiq kishi saralash intensivlari – “hovuz”dan o‘tgan. 

Tadbirda maktab jamoasi yil yakunini sarhisob qilishdi. Shuningdek, School 21 ishtirokchilarining loyihalari va startaplari taqdimoti, hamkorlar hamda faol ishtirokchilarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.




Ta’kidlanishicha, maktabda o‘tgan bir yil mobaynida minglab insonlar o‘zlarini IT sohasida bepul sinab ko‘rgan, ular uchun maktab yangi kasb va yangi imkoniyatlar uchun haqiqiy portalga aylandi. Hamkor kompaniya va OTM lar soni 80 taga yetdi, o‘nlab ishtirokchilar milliy va xalqaro tashkilotlarda dastlabki amaliyotlarini o‘tashni boshlashdi. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilar bugungi kunda rivojlantirayotgan startaplari haqidagi taqdimot bilan sahnaga chiqishdi. Ular orasida bolalar uchun “Step to the moon” onlayn ta’lim platformasi, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish va uy hayvonlarini izlashga mo‘ljallangan “PetLink” ilovasi, ma’ruzachilarning taqdimotlari va transkripsiyalarini turli tillarga tarjima qilish uchun “MultiTarj” xizmati va boshqalar mavjud.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish