Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim

Bugunning gapi Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim
47


Kuni kecha Olmazor tumanida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o‘tkazildi.

Mazkur musobaqalarda tuman hududidagi ta’lim muassasalari jamoalari faol ishtirok etib, sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z mahoratlari, jismoniy tayyorgarligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etdilar. Tadbir davomida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni mustahkamlash hamda ularning jismoniy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Qizg‘in va murosasiz kurashlarga boy o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, eng faol va tayyorgarligi yuqori bo‘lgan jamoalar saralanib olindi. 

Musobaqalar yakunida ishtirokchilar Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olmazor tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.



Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish