Ta’lim jarayonida individual yondashuvga asoslangan neyrotexnologiyalar taqdimoti

Chirchiq davlat pedagogika universitetida o‘tkazib kelinayotgan individual ta’lim trayektoriyasi negizida “Ta’lim jarayonida individual yondashuvga asoslangan neyrotexnologiyalar” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Neyropedagogika — bu pedagogika va nevrologiyaning kesishgan sohasidir, u insonning asab tizimi va miyaning faoliyatini o‘rganish orqali ta'lim jarayonini optimallashtirishni maqsad qiladi. Zamonaviy pedagogik yondashuvlar orasida neyropedagogikaning o‘rni ortib bormoqda, chunki bu soha, ta'lim jarayonida miyaning qanday ishlashini va bolalarning o‘rganish jarayoniga qanday ta'sir ko‘rsatishini tushunishga imkon beradi.
“Ta’lim jarayonida individual yondashuvga asoslangan neyrotexnologiyalar” loyihasining asosiy maqsadi ta’lim jarayonida neyrotexnologiyalarni qo’llash jamiyatning har bir bo‘ginida insonlarga ko‘mak beruvchi g‘oya ekanligini keng targ‘ib qilish va amalda qo‘llashdir.
Tadbirda Pedagogika yo‘nalishi 2-kurs talabalari individual ta’lim doirasida olib borayotgan faoliyatini “Mind Map Neyro” texnologiyasi yordamida yoritib berishdi. “Mind Map Neyro” texnologiyasi tarkibida to’rtta mini loyihalar mavjud bo‘lib “Mind Map Neyro” texnologiyasi tarkibidagi “Neyro play” loyihasi ishtirokchilari Chirchiq shahar 11-sonli Maktabgacha ta’lim muassasasida 4+2 malakaviy amaliyoti davomida maktabga tayyorlov bosqichi tarbiyalanuvchilarini qamrab olgan bo‘lib, ular bilan o‘tkazayotgan neyroo’yinlaridan lavhalar ko‘rsatdi hamda tadqiqot natijalarini tahlil qildi.
Shundan so‘ng Chirchiq shahrida joylashgan 6-21-26-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “G‘aroyib miya” loyihasi doirasida talabalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda “G‘aroyib miya” nomli miyani rivojlantiruvchi 30 kunlik mashqlar to‘plami ishtirokchilar tomonidan taqdimot qilindi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining 80 nafarida tadqiqot o‘tkazilib ularning 20 nafari past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar ekanligi aniqlangan. Ular bilan “Ro‘lli o‘yinlar”, “Aql charxpalagi”, “Adashgan harflar”, “Unlilarsiz matn” metodlari asosida olib borilayotgan mashg‘ulotlar-dan lavhalar ko‘rsatildi. Loyiha doirasida bajarilgan ishlar tahlil qilindi va o‘quvchilar yaxshi natijalarga erishayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Tadbir davomida ishtirokchilar Neyroandrogogika haqida ma’lumotlar berib o‘tishdi.Faollar zalidagi mehmonlarga hamda kuzatuvchilarga diqqatni, xotirani, idrokni rivojlantiruvchi, ma’lumotlarni o‘zlashtirish tezligi, axborotlarni qayta ishlash tezligini oshiruvchi bir qator neyropedagogik mashqlarni ko‘rsatib o‘tishdi. Bu mashqlar turli yosh doirasidagi kuzatuvchilarga birdek manzur bo‘ldi.
Tadbir nihoyasida Chirchiq davlat pedagogika universiteti rektori, professor, O‘zbekiston fan arbobi G.Muxamedov talabalarga ushbu loyiha asosida olib borayotgan ishlarida ulkan zafarlar tiladi va loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun universitet tomonidan ularga amaliy yordam ko‘rsatilishini ta’kidlab o‘tdi.
Shu kecha va kunduzda
Fitch agentligi Toshkentning kredit reytingini qayta tikladi
“Yangi O‘zbekiston” universitetida tibbiyot fakulteti tashkil etiladi
Xalqaro hamkorlik loyihasi doirasida 58 ta maktab quriladi
Nizomiy nomidagi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti tashkil etiladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank