Ustozlar davrasida
![Ustozlar davrasida](https://marifat.uz/storage/posts/1739324846photo_2025-02-11_17-595.jpg)
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Yangihayot tuman bo‘linmasi Kengashi tomonidan tumandagi 329-maktabda hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Toshkent shahar bo‘linmasi Kengashi raisi Abduxalil Rahmonov, tuman tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilot kasaba uyushma qo‘mita raislari hamda shu maktab o‘qituvchilari ishtirok etdilar.
Yangihayot tumanidagi 329-maktabida mehnat qilayotgan xodimlarning ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy manfaatlarini himoyalashga qaratilgan ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023-2025 yillar uchun tuzilgan jamoa shartnomasining 2024-yilda bajarilishi to‘g‘risida mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi qizg‘in tarzda kechdi.
Tadbir avvalida maktab o‘qituvchilari ijrosidagi “Yangihayot” qo‘shig‘i hamda maktabning barpo etilish jarayonidan, bugungi kungacha bo‘lgan faoliyatini aks ettiruvchi videorolik namoyish etildi.
Shundan so‘ng, maktab direktori v.v.b. I.Mamaziyayeva, maktabning ijtimoiy-mehnat masalalar bo‘yicha komissiyasi raisi N.Nabiyeva so‘zga chiqib, qilingan ishlar yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Barcha yig‘ilish qatnashchilariga Yangihayot tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan tarqatma materiallar berildi.
Mushtariybonu XOLIYOROVA,
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi
Yangihayot tuman bo‘linmasi kengashi raisi
Shu kecha va kunduzda
Ta’lim sifati o‘qituvchi sifatidan yuqori emas
“Stressiz ta’lim” loyihasi: asabni asrang
Ustozlar davrasida
Xurshid Do‘stmuhammad: “Dunyoda hali bunday kitob chiqqani yo‘q!”
OB-HAVO
![wather](/img/wather.png)
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank