VATAN HIMOYACHILARIGA TABASSUM ULASHGAN SAMIMIY UCHRASHUV

Dolzarb mavzu VATAN HIMOYACHILARIGA TABASSUM ULASHGAN SAMIMIY UCHRASHUV
57



FVV Akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida “Vatan himoyachilariga tabassum ulashib” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda taniqli so‘z ustasi, karate boʻyicha Oʻzbekiston sport ustasi, madaniyat va sanʼat fidokori, kinoaktyor “Do‘stlik” ordeni sohibi Valijon Shamshiyev, Akademiya rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Uchrashuv davomida mehmon o‘zining hayotiy tajribasi, ijodiy faoliyati va erishgan yutuqlari haqida so‘z yuritib, yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ona Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilayotgan insonlarning fidoyiligi, kasbga sadoqati va yuksak mas’uliyati xususida fikr-mulohazalarini bildirdi.

Tadbir davomida Valijon Shamshiyev tomonidan favqulodda vaziyatlar tizimi harbiy xizmatchilarining xalq osoyishtaligi, fuqarolar xavfsizligi hamda insonlar hayotini asrash yo‘lidagi fidokorona xizmatlari alohida e’tirof etildi. Soha vakillarining jasorati, matonati, kasbiy mahorati va Vatanga sadoqati jamiyat taraqqiyoti hamda aholi farovonligini ta’minlashda muhim omil ekani ta’kidlandi.



Ochiq va do‘stona ruhda kechgan davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ularga batafsil javob oldilar. Mehmonning hayotiy hikoyalari, qiziqarli latifalari va samimiy suhbatlari tadbir qatnashchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.



Mazkur uchrashuv kursantlarning ma’naviy dunyoqarashini boyitish, ularda Vatanga muhabbat, kasbga sadoqat va yuksak insoniy fazilatlarni mustahkamlash bilan birga iliq taassurotlar qoldirdi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday samimiy muloqotlarning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini alohida qayd etib, mehmon bilan esdalik suratlari tushdilar.


Farhodjon XOJAYEV,
FVV Akademiyasi axborot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi boshligʻi, mayor

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish