Yo‘qolgan bolalik
Tushdan keyin soat to‘rt-beshlar chamasi yo‘l-yo‘lakay 5-6 nafar boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga duch kelib qoldim:
– Ikkinchi smenada o‘qiysizlarmi?
– Uch kun matematikadan, uch kun chet tilidan pullik kurslarga qatnashamiz.
– Maktabda yaxshi o‘qitishmaydimi?
– Uydagilar maktabga beriladigan bilim bilan o‘qishga kirolmaysan deyishadi.
– Ertalabdan hozirgacha o‘qib, o‘qishdan zerikmaysizlarmi?
– Zerikamiz, uydagilar pulini to‘laganmiz deb kursga borishga majbur qilishadi. Bizning ham boshqa bolalarday o‘ynagimiz keladi.
Bolalarning horg‘in yuzlariga qarab rahmim kelib ketdi. Bu voqeaga ancha bo‘lgan bo‘lsa-da, eslasam hozir ham qiynalaman. Bu bolalar balki sinfida a’lochidir. Lekin tibbiyot talablariga asosan har kuni 4-5 soat dars mashg‘ulotlaridan keyin bolalar miyasi charchaydi. Undan ortiq mashg‘ulotlar bolalarning miya faoliyatiga, ularning ruhiyatga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga kim kafolat beradi? Bolalarning tez-tez asabiy bo‘lishlari shundan emasmikan?
Po‘lat MANSUR,
faxriy o‘qituvchi
Shu kecha va kunduzda
Muvozanat
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi
Ayblashdan oldin eshiting!
Maktabgacha taʼlim tashkilotlari psixologlari uchun oʻquv-seminar o‘tkazilmoqda
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank