Chingiz Aytmatov: SOHIL BO‘YLAB CHOPAYOTGAN OLAPAR
178
“SOHIL BO‘YLAB CHOPAYOTGAN OLAPAR”
Kitob mutolaa qilish tufayli inson tafakkuri yanada teranlashadi. Ma’rifat mayog‘i bo‘lmish kitoblar insoniyatni hamisha ezgulikning yorug‘ yo‘llari tomon yetaklaydi. Prezident “Bugun bitta kitob o‘qigan bola, ertaga televizor ko‘rib o‘tirgan o‘nta bolani boshqarishi mumkin!”, deya bejiz ta’kidlamagan. Boisi, kitob o‘qiganimiz sayin ma’naviyatimiz yanada yuksalib, qalbimizdagi ezgu insoniy tuyg‘ular tiniqlashib boraveradi. Turk yozuvchisi Hikmet Amil O‘ztekin “Kitob oʻqishning taʼmini bilganlar biladiki, kitob oʻqish dengiz suvini ichishga oʻxshaydi.
Ichganingiz sari chanqaysiz, chanqaganingiz sari ichasiz”, deya yozganida naqadar haq edi. Jahon adabiyotining yetuk namoyandalaridan biri atoqli adib Chingiz Aytmatovning asarlari ham o‘zining yuksak badiiyati, dolzarbligi, umuminsoniy tuyg‘ular yoritilganligi bilan barcha kitobxonlar qalbidan chuqur joy egallab, sevib mutolaa qilinib kelmoqda. Chingiz Aytmatovning “Sohil boʻylab chopayotgan olapar” qissasini oʻqimaganlar bu qissaning nomiga koʻra, vafodor bir it haqida bo‘lsa kerak, deb oʻylashlari mumkin. Lekin asar hech qanday it haqida emas. Asar yer yuzining hamma tomonini suv qoplab olgan, hali biror parcha quruqlik boʻlmagan zamonlar toʻgʻrisidagi rivoyatdan boshlanadi. Davomida shimolda yashovchi nivxlarning bir necha avlodi haqida soʻz boradi. Nivxlar bir qayiqda cheksiz ummonda dahshatli tumanlar-u zulmatlarda qolib ketishi va ularning hayot-mamot kurashi haqida hikoya qilinadi. Dengiz tumanlarining falokatida qolib ochlikka, qiyinchiliklarga chidab, aynigan suv ichib, nima boʻlsa ham yashab qolish uchun umidlarini soʻndirmay kurashgan qahramonlarning taqdiri haqida hikoya qilinadi. Bosh qahramon Kirisk birin-ketin yaqinlaridan ajraladi. Avvaliga bobosi, keyin amakisi, so‘ngra esa otasi chorasizlikdan, boshqacha aytganda, o‘n gulidan bir guli ochilmagan, hali hayot atalmish aziz ne’matni to‘liq anglab yetmagan Kirisk uchun o‘zlarini qurbon qiladi. Kirisk uchun bundan ortiq ga‘m-qayg‘u yo‘q edi! Alaloqibat, u qayiqdagi barcha yaqinlaridan ajraladi. Soʻng qayiq zaxirasidagi bor ichimlik suvi va yegulik ham tugaydi. Asarning eng qimmatli joyi shundaki, mana shu lahzada endigina ochiq dengizga chiqib koʻrgan, dengizdagi qaygʻulari shu kungacha koʻrgan quvonchlarini yamlab ketadigan Kirisk har qancha qiyin boʻlmasin, hayot uchun kurashib, g‘alabaga erishadi.
Ushbu asarni o‘qir ekansiz, uning bosh qahramoni Kiriskning qayg‘ulariga sherik bo‘lib, jasurligi, hayotning eng og‘ir damlarida ham umidini so‘ndirmay, yashash uchun, tiriklik uchun kurashuvchanligiga havasingiz ortib, umrdek aziz ne’matga bo‘lgan qarashlaringiz sergak tortadi.
Jahongir NOMOZOV,
O‘zJOKU talabasi
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Daxldorlik
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
Shapaloq
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank