Tarix fakulteti 90 yoshda!

Oliy ta’lim Tarix fakulteti 90 yoshda!
59

Bugun O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakultetining 90 yillik yubileyi munosabati bilan “O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti 90 yoshda: ta’lim va ilm-fan markazi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda 10 dan ortiq mamlakatdan taniqli tarixchilar, olimlar, tadqiqotchilar, ilmiy tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etishdi. 

Anjuman avvalida fakultet shonli tarixini yoritishga bag‘ishlangan kino-foto-fono hujjatlar ko‘rgazmasi  tashkil etildi va 90 yillikka bag‘ishlab olingan videorolik namoyish etildi.




– Fakultet bitiruvchilari orasidan 10 ga yaqin akademik, ko‘plab davlat mukofotlari sohiblari, mashhur ilm-fan namoyondalari yetishib chiqqan. Fakultetda o‘tgan yillar davomida shakllangan bir qancha ilmiy maktablar bugungi kunda ham tarix sohasida ilmiy an’analarini davom ettirmoqda, – deb ta‘kidladi O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, professor Inom Madjidov anjumanni tabrik so‘zlari bilan ochib berar ekan.




Tadbir davomida soha mutaxassislari va olimlar so‘zga chiqdi, uzoq yillar davomida hamkorlik qilayotgan xalqaro olimlar va fidokorona mehnat qilayotgan jamoa a’zolari taqdirlandi. Shuningdek, Arxeologiya kafedrasi o‘quv kabinetining tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi.

Qayd etish joizki, konferensiya to‘plamiga 20 dan ortiq davlatning nufuzli olimlari, O‘zbekistonning turli ilmiy va yetakchi oliy o‘quv yurtlardan 300 dan ortiq tadqiqotchilar o‘z tezislarini taqdim etgan.

Maqola muallifi

Muxbirimiz

Muxbirimiz

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish