Said Ahmad: Jimjitlik
446.jpg)
“Jimjitlik”ni izlab
Said Ahmadning “Jimjitlik” romani 2 qismdan iborat bo‘lib, birinchisi “Bir tanda ikki odam”, ikkinchisi esa “Yulduz so‘qmoqlari” deb nomlanadi. Asarning asosiy qahramonlari – Tolibjon va Mirvali bo‘lib, romanning birinchi qismi bunday nomlanishi ham shu obrazlar bilan aloqador. Asarning birinchi epigrafiga e’tibor qaratganda esa roman haqida dastlabki qarashlarni xayoldan oʻtkazish mumkin: “Choʻqqilar jilvasiga koʻpam mahliyo boʻlaverma, bolam. Bu togʻda qashqirlar bor...”. “Qashqirlar” jumlasini oʻz maʼnosida, yaʼni “hayvon” sifatida tushunish mumkin. Ammo roman mohiyatida “qashqir” soʻzi insonlarga koʻchadi. Asar Tolibjon boshidan kechirgan voqealar bilan boshlanadi va bu asarning “Jimjitlik” deb nomlanishiga sabab ham Tolib bir qancha vaqt mobaynida hayot sinovlarida qoqilib-qoqilib, jimjitlikni qidirganidir. “Bu joylarga jimjitlik qidirib kelgan Tolibjon dunyo tashvishlaridan, yovuzlar taʼqibidan, omadsiz oʻtgan umridan qutulib, soʻngsiz jimjitlik bagʻriga singib ketdi”. Tolibjonning qismati ana shunday yakunlanadi.Mirvalini ta’riflashda adib Abdulla Qahhorning quyidagi fikridan foydalanadi: “Uning asli qiyofasini chizish qiyin. Bir tanda ikki odam yashayotgan odamga oʻxshaydi. Biri – ishbilarmon, biri – yovuz. Ikkovi ham avj pardada. Biri-birini siqib chiqarmaydi. Ikkovi ham yonma-yon yashaydi, biri uygʻonganda biri mudraydi...”. Birgina shu fikr orqali Mirvalining butun boshli hayotini ham, oʻzini ham izohlash mumkin. Mirvali obrazi yoshligidan shoʻx, oʻzi xohlagan narsaga erishmaguncha hech nimadan tap tortmaydigan boʻlganligi sababli butun hayoti shu yoʻsinda oʻtadi. Hattoki u qotilliklari sabab jallodga qiyoslanadi: “Buxoro amirining jallodi ham zindonda odam soʻyib chiqqandan keyin chakkasiga gul taqib yurar ekan...”. Asarda vafodorlik timsoli sifatida ot obrazi keltiriladi (Qora Lochin, Qorabayir, Qora Baxmal).
Farangiz JAHONOVA,
BuxDU talabasi
Shu kecha va kunduzda
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kasaba uyushmasi hisobot-saylov Konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Diqqat yetishmovchiligi va giperfaollik sindromi(ADHD) nima?
Ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank