Pedagogik yuklama o‘qituvchilarni maktabda “ushlab turish” uchun o‘ylab topildi. 08:00 dan 16:00 gacha o‘qituvchi o‘quv dargohida bo‘lishini shart qilib qo‘yishdi. Uni qonunlashtirib, bir arava qog‘oz yuklashdi. Buning uchun oylik to‘lanmaydi. Yuklama paydo boʻlganda oylik 3,75 foizga kamaygan. Darsga toʻlanayotgan pul ikkiga bo‘lingan. Yarmi darsga, qolgan yarmining 92,5 foizi yuklamaga ajratildi. Yuklama uchun qoʻshimcha mablag‘ toʻlanmagan. 2018-yili qog‘oz to‘ldirish to‘xtatildi, ammo maosh hali ham ikkiga boʻlib to‘lanyapti. Keldi-ketdi daftari mehnat qonunlarida ko‘rsatilmagan, ammo komissiya uni tekshiradi. O‘qituvchi erkin fikrlovchi, tashabbuskor, yetakchi boʻlishiga ancha bor. (2021-yil, 20-yanvar).

99