Bolalar soni eng kam bo‘lgan mamlakatlar ma’lum qilindi
Yoshlar soni eng kam bo‘lgan Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Portugaliya, Ispaniya va Germaniya kabi mamlakatlar kelajakda turli muammolarga duch kelishi mumkin.Visual Capitalist portali 18 yoshgacha bo‘lgan aholi ulushi eng kam mamlakatlar reytingini tuzdi.
36 ta davlatdan iborat ro‘yxatni Hongkong boshqarib turibdi. U yerda aholi sonidagi bolalar ulushi 12,6 foizni tashkil qiladi. Ma’lumotlar BMT «Jahon aholisining istiqbollari» hisobotidan olingan.
Keyingi o‘rinlarni Janubiy Koreya (12,9 foiz) va Yaponiya (14 foiz) egallagan. Tayvan (14 foiz) va Singapur (14,4 foiz) ham yuqori beshlikka kirgan.
Yevropa mamlakatlari orasida Italiya (14,6 foiz), Portugaliya (15,6 foiz), Ispaniya (15,8 foiz), Gretsiya (16,1 foiz) va Germaniyada (16,6 foiz) vaziyat yaxshi emas.
Ta’kidlanishicha, kam sonli yoshlarga ega mamlakatlar uzoq muddatli oqibatlarga, jumladan ishchilarning kamayishi va iqtisodiy o‘sishning sekinlashishiga duch keladi. Demografik «burilish» bo‘lmasa, ko‘plab mamlakatlar iqtisodiy turg‘unlik va ijtimoiy keskinlikka duchor bo‘lishi mumkin.
Shu kecha va kunduzda
Mahalla – islohotlar ko‘zgusi
TOYLOQDA “AMIR TEMUR BOG‘I” FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI
Maktabim mening
“Yakshi emas, yaxshi” Nega bolalarda nutq kechikishi kuzatilmoqda?
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank