FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI

Daxldorlik FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI
45



O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining  2024-yil 27-dekabrdagi tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “2025-yilda xalqaro va respublika miqyosida o‘tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik tadbirlar rejasi”ga asosan, 2025-yilning 28-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi Ma’naviyat va ma’rifat markazida “Favqulodda vaziyatlarda baland qavatli binolardan insonlarni qutqarishdagi mavjud muammolar va ularning innovatsion yechimlari” mavzusida Respublika ilmiy-texnik anjumani o‘tkazildi.



Anjumanning maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi kursantlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish, nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, baland qavatli binolarning yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish hamda bugungi kunda qurilayotgan baland qavatli binolarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashning muammo va yechimlarini o‘rganish, zamonaviy baland qavatli binolarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda insonlarning evakuatsiyasini tashkillashtirish, qutqaruv vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan aniq takliflar, tavsiyalar ishlab chiqish, amaliyotga tatbiq etishda innovatsion yechimlar berish va mutaxassislar bilan o‘zaro fikr almashishdan iborat.

Mazkur anjumanda 40 dan ortiq favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi vazirlik, idora va tashkilotlarning mas’ul xodimlari, ularning tasarrufidagi oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot institutlari vakillari, shuningdek oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari, Akademiya professor-o‘qituvchilari va kursantlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



Anjumanning dasturiga muvofiq, tadbirning asosiy qismi boshlanishidan avval Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan bugungi kunda amaliyotda qo‘llanilib kelinayotgan zamonaviy yong‘in o‘chirish va qutqaruv texnikalari, shuningdek, taklif etilgan bir qator oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari tomonidan tayyorlangan maket va ilmiy-innovatsion ishlanmalarining ko‘rgazmasi namoyish etildi.



Anjumanni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘igeneral-mayor Ravshan Haydarov ochib, favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda baland qavatli binolardan insonlarni qutqarishdagi mavjud muammolar va ularning innovatsion yechimlari, respublika hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, baland qavatli binolarda favqulodda vaziyatlarda xabar berish tizimlari, dronlar yordamida baland qavatli binolarda sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish kabi dolzarb masalalar xorijiy va milliy tajribaga tayangan holda rivojlantirish zarurligini alohida ta’kidladi.



Anjumanda so‘z olganlar binolarda yoki ularning ichki qismida o‘rnatiladigan statsionar qutqaruv vositalarini ishlab chiqish, transportda jihozlangan qutqaruv vositalarini qo‘llash, binolarda saqlanadigan va yong‘in vaqtida qo‘llaniladigan qutqaruv vositalarini yaratish hamda yong‘in-qutqaruv avtomobillarida tashiluvchi ko‘chma qutqaruv vositalarini takomillashtirish ishlariga alohida e’tibor qaratilayotgani, horij tajribasini inobatga olgan holda, baland qavatli binolardan insonlarni qutqarish uchun o‘ziga xos va o‘ziga mos yong‘in-qutqaruv texnikalari, aslaha-anjomlari, qutqaruv vositalarini yaratish, ularni favqulodda vaziyatlarni bartaraf qilish amaliyotiga yanada keng joriy etish lozimligi, zamonaviy baland qavatli binolarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda insonlarning evakuatsiyasini tashkillashtirish, qutqaruv vositalaridan samarali foydalanish yuzasidan innovatsion yechimlar bo‘yicha mutaxassislar tomonidan o‘zaro fikr almashish takliflar ishlab chiqish asosiy masallalardan biri ekanligi xususida keng mulahazali so‘z yuritdilar.


Anjuman yakunida ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tegishli soha mutaxassislari tomonidanatroflicha javoblar olishdi va favqulodda vaziyatlarda baland qavatli binolardan insonlarni qutqarishdagi mavjud muammolar va ularning innovatsion yechimlari xususida bildirigan taklif va tavsiyalar borasida ham kelishib olindi.


Farhodjon XOJAYEV,

FVV Akademiyasi

katta o‘qituvchisi, mayor.

Maqola muallifi

Farhodjon XOJAYEV

Farhodjon XOJAYEV

Jurnalist

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish