HUMOYUNGA HAVASIM KELDI

Buxoro viloyatining Jondor tumanida Ilyos Eshmurodov degan ijodkor bor. Uning olti yoshli sevimli nevarasi Humoyun Ilyosov esa tuman markazidagi “Qaldirg‘och” maktabgacha ta’lim tashkilotining tarbiyalanuvchisi. Bolada ajdodlarimizga xos bir favqulodda iste’dod bor.
Humoyunning ustozi Kumushoy Ibodullayeva shogirdini matematika faniga bo‘lgan muhabbatini erta aniqladi. Uni besh oy davomida “Mental arifmetika” bo‘yicha shug‘ullantirdi. Bolajonning tirishqoqligi, favqulodda iste’dodiga qoyil qolib, uni turli tanlovlarga jalb qildi. Natija esa kutganidek bo‘lib chiqdi. Yosh matematik “Mental arifmetika” bo‘yicha yosh toifasida yurtimizda tengsiz deb topildi. Shogirdining ilmiga ishongan ustoz uni Xalqaro tanlov sari yo‘naltirdi.
– Humoyun shogirdlarim orasida eng tirishqoq va qobiliyatlisi, – deydi Kumushoy mehnatlari besamar ketmayotganidan xursand bo‘lib. – Yaqinda u Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida tashkil qilingan Xalqaro “Fuzuliy olimpiadasi”da qatnashib, tengdoshlari orasida 1-o‘rinni oldi. Agar shu maromda shug‘ullansak, keyingi – Turkiya, Rossiya federatsiyasi kabi davlatlarda o‘tkaziladigan tanlovlarda ham faxrli o‘rinlarni olishiga ishonaman. Shogirdimning kelajagidan umidim katta.
Obid QO‘LDOSH
Shu kecha va kunduzda
#DIQQAT_MUHIM
O‘ZBEK DETEKTIVI DUNYO KEZMOQDA!
FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI
O‘zbekistonda 2025-yil 1-sentabrdan boshlab xalqaro maktab faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

O‘ZBEK DETEKTIVI DUNYO KEZMOQDA!

#DIQQAT_MUHIM
FAVQULODDA VAZIYATLARDA BALAND QAVATLI BINOLARDAN INSONLARNI QUTQARISHDAGI MAVJUD MUAMMOLAR VA ULARNING INNOVATSION YECHIMLARI
