Internet bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?

Dolzarb mavzu Internet bolalarga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda?
22

XXI asrda internet nafaqat kattalar, balki bolalar hayotining ham ajralmas qismiga aylandi. Raqamli muhit ularning tarbiyasi va ijtimoiylashuviga qanday ta’sir etayotganini aniqlash maqsadida “Yuksalish” harakati ikki mingga yaqin ota-ona o‘rtasida sotsiologik so‘rovnoma o‘tkazdi.


Bolalar internetga qancha vaqt sarflashadi?

So‘rovnoma shuni ko‘rsatdiki, aksariyat bolalar internetda haddan tashqari ko‘p vaqt sarflamaydi:

✅Kuniga 1 soatgacha — 36 %;

✅1-3 soat — 31 %;

✅4-6 soat — 11 %;

✅6 soatdan ortiq — 7 % (xavf zonasi).


 Internet nima maqsadda ishlatiladi?

Asosiy sabab — ta’lim olish: bolalarning 64 foizi o‘qish uchun internetga kiradi. Ikkinchi o‘rinda — ko‘ngil ochish: video tomosha qilish (16 %), o‘yin o‘ynash (12 %), ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish (12,5 %). Ota-onalarning bir qismi (10 %) esa bolaga xalaqit bermasligi uchun telefon berishini ochiqchasiga tan olishdi.


Qanday muammolar ko‘proq kuzatiladi?

Ota-onalar internetni quyidagi qiyinchiliklar bilan bog‘lashadi:

— vaqtning bekorga sarflanishi (35 %);

— sog‘liq bilan bog‘liq muammolar va uyqu tartibining buzilishi (30 %);

— internetga qaramlik va noxush mazmun (har biri 14 %).


Shu bilan birga, so‘rovda qatnashganlarning to‘rtdan bir qismi o‘z farzandlarida hech qanday muammoni qayd etmagan.


Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar

Ulashish