O‘ZBEKISTONDA O‘QITUVCHILAR MAOSHI: RAQAMLAR, MUAMMOLAR VA ISTIQBOLLAR

O‘qituvchilik – jamiyatni taraqqiyot sari olib boruvchi eng muhim kasblardan biridir. Faqatgina ustozlar avlodlarga bilim, tarbiya va hayot sabog‘ini bera oladi. Xo‘sh, yurtimizda ularning mehnati qanchalik munosib qadrlanmoqda? So‘nggi yillarda o‘qituvchilarning maoshi oshirilgani, turli ustamalar joriy etilgani ijobiy hol, ammo bu o‘zgarishlar ularning hayot darajasini yaxshilay olishi qanchalik haqiqatga yaqin?
O‘zbekiston ta’lim tizimida o‘qituvchilarning o‘rni beqiyos. Shu bois, ularning mehnatini munosib baholash, moddiy ahvolini yaxshilash maqsadida ko‘plab o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Oliygoh.uz” saytining ochiq ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda o‘rtacha o‘qituvchi maoshi 2,9 million so‘m, 2024-yil oktabrda esa barcha o‘qituvchi maoshi 15 foizga oshirildi. 2025-yil boshida esa bu ko‘rsatkichlar 3,3 million so‘mdan 4,6 million so‘mgacha yetdi.
Shuningdek, 2025-yildan milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘qituvchilarga maoshining 50 foizi miqdorida ustama to‘lanmoqda. Ayni vaqtda respublikamiz bo‘yicha 60 mingdan ziyod o‘qituvchi 8‒12 million so‘m miqdorda maosh olmoqda. Bu ko‘rsatkich asosan oliy toifali, o‘z ustida ishlovchi va tajribali pedagoglar uchun taalluqlidir. Biroq shunga qaramay, o‘qituvchilarning aksariyat qismi bu o‘zgarishlarni sezilarli his qilmayapti. Ularning ba’zilari hanuz ro‘zg‘or tashvishi va kundalik ehtiyojlari bilan ko‘p kurashayotganini yashirmaydi. Qolaversa, moliyaviy jihatdan qiyinchiliklarga duch kelmaslik uchun boshqa daromadli ishlarni izlashga majbur bo‘layotgani ham – ayni haqiqat. Bu holat esa, ularning asosiy vazifasiga salbiy ta’sirini o‘tkazmay qolmaydi.
Xulosa qilib aytganda, o‘qituvchi – jamiyat ustunidir. Uning mehnati qanchalik munosib qadrlansa, ta’lim sifati shunchalik oshadi. So‘nggi yillarda bu boradagi ijobiy o‘zgarishlar salmog‘i yuqori bo‘lsa-da, hali qilinishi kerak bo‘lgan ishlar ko‘p.
Mehribon XAQQULOVA,
O‘zDJTU talabasi
Shu kecha va kunduzda
1-iyun: Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Ota-onalar va o‘qituvchilarning bolalar ustidan nazorati qanchalik muhim?
Repetitorsiz o‘qishga kirish mumkinmi?
Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitishda zamonaviy yondashuv zarur
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank