Bir Daftar Umid

Hikoya Bir Daftar Umid
82

Afrikaning chekka bir qishlog‘ida, 12 yoshli qizaloq Amina har tong quyosh chiqmasidan uyg‘onardi. Uning yuragida bitta orzu bor edi – o‘qituvchi bo‘lish. Ammo u yashagan hududda maktab yo‘q. Eng yaqin maktab – besh chaqirim uzoqlikda, chang-to‘zon yo‘ldan keyin, birgina sinfli, eski binoda joylashgan.


Amina har kuni yalangoyoq shu masofani bosib o‘tar, ko‘cha chirog‘i bo‘lmagan kechalarda esa oy nurida yo‘l topardi. Uning yagona daftari bor – sahifalari bitib qolgan, lekin u har sahifani ikki-uch marta ishlatardi. Ruchkasi deyarli siyohsiz, lekin u tutuni bilan yozishni davom ettirardi.


Bir kuni qishloqqa BMTning ta’lim dasturidan vakillar keldi. Ular bolalarga kitob, daftar va planshetlar tarqatishdi. Amina ularni ko‘rib, ko‘zida yosh bilan:


“Men o‘qishni bas qilmoqchi edim... Ammo endi mening orzularim yana tirildi”, dedi.


Bu voqea ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, dunyo bo‘ylab insonlarning e’tiborini tortdi. Bir necha haftada xayriya mablag‘lari yig‘ilib, Amina yashagan qishloqqa yangi maktab qurildi. Amina esa orzusiga erishib, o‘sha maktabda birinchi ayol o‘qituvchi bo‘ldi.

U har darsda o‘z o‘quvchilariga bitta fikrni takrorlar edi: 


“Ta’lim – bu faqat bilim emas, bu umiddir. Umid esa dunyoni o‘zgartiradi”.

To‘ra HOJIQULOV tarjimasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish