YANGI OʻZBEKISTON FARZANDLARI KELAJAGIMIZ POYDEVORI

Iqtidorli yoshlar – yurt kelajagi YANGI OʻZBEKISTON FARZANDLARI KELAJAGIMIZ POYDEVORI
62

 "YANGI OʻZBEKISTON FARZANDLARI KELAJAGIMIZ POYDEVORI" shiori ostida bayram tadbiri boʻlib oʻtdi 


🧑‍🏫Bolalik - inson umrining eng goʻzal davri hisoblanadi. Ulgʻayganimizda esa undan bizga shirin xotiralar qolishi kerak. Shunday ekan begʻubor damlarni mazmunli oʻtkazish lozim. Ayni maqsadda bugun Toshkent shahridagi 110-maktabda "1-iyun Xalqaro bolalar kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Koʻzlari quvonchdan porlagan yoshlar sahnada, ularni hayajon bilan kuzatayotgan ota-onalar va ustozlar hamda OAVni bir joyga jamlagan ilm maskani ham ajoyib atmosferada. 




Tadbir prezidentimizning yoshlarga aytgan gaplari va ularga bildirgan ishonchini aks ettirgan video rolik bilan boshlandi. Shundan soʻng kelajagimiz umidi boʻlgan yoshlar sahnaga birin-ketin chiqib oʻz iqtidorini tomoshabinlarga namoyish qildi. Yaʼni: fortepiano, gitara, skripka milliy cholgʻu asboblarimizdan dutorni professionallardek oʻz maromida chalib berishdi. Goʻzal qizlar davrada xirom ayladi. Hamda yoqimli ovozi bilan jonli ijro kuylab hammani lol qoldirganlar ham boʻldi. 

Koʻtarinki ruhda boʻlgan tadbir soʻnggida har bir bola uchun maktab tomonidan alohida faxriy yorliq va kitoblar sovgʻa qilindi. 

Ota-onasi uchun hayot mazmuni, millatimizning ertasi boʻlgan yoshlarga bayram muborak boʻlsin deymiz.


Feruza JO‘RAYEVA,

O‘zJOKU talabasi

Maqola muallifi

Feruza Jo‘rayeva

Feruza Jo‘rayeva

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish