O‘zDJTUda “DOLZARB 90 KUN”: FAOLLIK, BILIM VA ILHOM UYG‘UNLIGI

Oliy ta’lim O‘zDJTUda “DOLZARB 90 KUN”:  FAOLLIK, BILIM VA ILHOM UYG‘UNLIGI
42

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida yoz mavsumida boshlangan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yoshlar uchun qator ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy, ijtimoiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Tashabbus yoshlarda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish, ularning bilim va salohiyatini oshirish, ijtimoiy mas’uliyatni kuchaytirishga qaratilgan.

Loyiha doirasida bir nechta asosiy yo‘nalishlarda samarali ishlar olib borilmoqda. Xususan, ingliz, nemis, fransuz, koreys va xitoy tillarida o‘tkazilgan mahorat darslari, ochiq muloqotlar va interaktiv treninglar talabalarning til bilimlarini mustahkamlash bilan birga, tanqidiy fikrlash va ilmiy tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.



Shuningdek, milliy va jahon madaniyatiga bag‘ishlangan ijodiy kechalar, teatrlashtirilgan chiqishlar hamda “Xalqaro madaniyatlar festivali” talabalarda estetik dunyoqarashni kengaytirib, ularning ijodiy faolligini oshirmoqda.

Mazkur tashabbus doirasida ijtimoiy va ekologik masalalarga ham e’tibor qaratilgan. Talabalar tomonidan ko‘kalamzorlashtirish, tozalash ishlari, ijtimoiy ko‘mak aksiyalari amalga oshirilmoqda. Sport musobaqalari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etuvchi tadbirlar esa jismoniy va ruhiy salomatlikni mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Universitet rahbariyati loyihani izchil davom ettirish va talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratish niyatida. “Dolzarb 90 kun” tashabbusi, shubhasiz, O‘zDJTUda ta’lim olayotgan yoshlarni yetuk shaxs va malakali mutaxassis sifatida shakllantirishda muhim omil bo‘lmoqda.

“Yoshlar faolligi – yurt taraqqiyotining asosi”, degan tamoyil asosida olib borilayotgan ushbu loyiha mamlakatning intellektual salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.



Dilorom HOSHIMOVA,

O‘zDJTU  xalqaro jurnalistika fakulteti

Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar

bo‘yicha dekan muovini

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #OTM
  • #O‘zDJTU

Ulashish