Qaysi oliygohda o‘qishni xohlaysiz?

Jarayon Qaysi oliygohda o‘qishni xohlaysiz?
83



Yana bir o‘quv yili yakuniga yetdi. Endi bitiruvchilar oldida kasb tanlash va yoʻnalish aniqlash masalasi turibdi. Shu o‘rinda savol tugʻiladi: Oliy taʼlimning qaysi turini tanlagan maʼqul?


2024-yil ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda 116 ta davlat universiteti, 67 ta nodavlat va 30 ta xorijiy oliy ta’lim muassasasi faoliyat yuritmoqda. Bu esa abituriyentlar uchun tanlov imkoniyatlarini kengaytirib, sog‘lom raqobat shakllanishiga xizmat qilmoqda.


2024–2025-oʻquv yili uchun 186871 nafar abituriyent davlat universitetlariga oʻqishga qabul qilingan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yillarga nisbatan ancha yuqori. Abituriyentlar sonining oshishi taʼlimga boʻlgan talabning oshganligini koʻrsatadi. Davlat universitetlarida kontrakt narxlari nodavlat oliygohlariga qaraganda arzon. Lekin davlat oliygohlariga kirishda raqobat kuchli, baʼzi yoʻnalishlarda esa kirish ballari ancha yuqori. Imtihonlardan yetarli ball ololmaganlar uchun yaxshi imkoniyat – xususiy universitetlar bor.


Xususiy universitetlar Oʻzbekiston ta’lim tizimining nisbatan yangi tizimi bo‘lib, malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadida faoliyat olib bormoqda. Bunday muassasalar yangi ish o‘rinlari yaratilishi, kadrlar salohiyati oshishiga taʼsir oʻtkazadi. Aksar abituriyentlar shartnoma toʻlovlar qimmatligiga qaramay, taʼlim sifati talabga javob beradigan nodavlat taʼlim dargohlarida oʻqishni tanlashmoqda. Masalan, Toshkent Kimyo xalqaro universitetida 36598 nafar, ISFT(Moliyaviy texnologiyalar va ilm-fan xalqaro) institutida 29470 nafar, Toshkent amaliy fanlar universitetida esa 26460 nafar talaba tahsil olmoqda.


Oʻzbekistonda xorijiy oliy taʼlim muassasalari filiallari borligi ham abituriyentlar uchun yangi eshiklarni ochishga yordam beradi. Misol uchun, Vestminster xalqaro universiteti, Turin politexnika universiteti, MDIS (Singapur menejmentni rivojlantirish) instituti nufuzli chet el universitetlarning filiallaridir. Universitetni tamomlagan talabalarga xalqaro diplom beriladi.


2025/2026-o‘quv yili bakalavr uchun qabul 5-iyundan 25-iyunga qadar davom etadi. Agar hali ham qaror qabul qilmagan bo‘lsangiz, eng avvalo universitetlarning yo‘nalishlar va qancha kvota ajratgani haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqing. Nufuzli universitlarda tahsil olayotgan talabalar bilan suhbatlashing. Kursdoshlaringizga stipendiya tushganda nega yaxshiroq harakat qilmadim demaslik uchun, hozir ozgina kamroq uxlang va qattiq mehnat qiling!


Mahmudaxon ERGASHEVA,

OʻzDJTU talabasi

Maqola muallifi

Amaliyotchilar

Amaliyotchilar

Talaba

Teglar

  • #Ta'lim
  • #Yoshlar
  • #Gazeta

Ulashish