Erkin Vohidov: So'z latofati
“So‘z latofati”
Inson yashar ekan unda kalomga bo‘lgan ehtiyoj mavjud. Biz kundalik hayotda har doim ham e’tibor bermaganimiz “so‘z” hozirgi kunda misli temir bilan qoplangan gavhar kabidir. Nega endi bu misolni keltirdik? Chunki hozir zargarning gavharga qanday noziklig-u, ehtiyotkorlik bilan ishlov bergani kabi emas, balki, so‘z bilan temirchining harakatini qilayotgandekmiz. Balki shu sabab so‘z bilan sirlashgan, u bilan o‘ta nafislik ila muomala qilgan Navoiy ijodini o‘qiganimizda qalbimiz rohatlanadi, kundalik hayotda ishlatgan so‘zlarimiz bilan to‘lmagan bir bo‘shliq to‘lgandek bo‘ladi.
qarashni o‘ylab ham ko‘rmaymiz. Bir qator so‘zlarni mavjud lug‘at kitoblardan topa olmasligimiz mumkin, buning sababi o‘sha so‘zlar hozirgi iste’molda yo‘q va qadimgi asarlarimizda bo‘lgan bo‘lsa-da, xalq uchun unut bo‘lib ketgan. Shu o‘rinda bunday holatlarning kelib chiqishiga yurtimiz boshdan kechirgan ko‘p yillik mustamlakachilik davri ham sabab. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng tilimizning shu holga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish bilan cheklanib qolmasligimiz kerak.
Ona tilimizda “osmon” so‘zining olti xil ma’nodoshi bor va ularning har biri juda betakror: osmon, falak, samo, gardun, fazo, charx, ko‘k…bular aslida biz bilganlarmiz xolos, bilmaganlarimiz qancha ekan? Asarda ta’kidlanganidek, tilimiz boyligining yana bir sababi bu til uch daryodan suv ichgan, ya’ni turkiy, forsiy va arabiy. Shu bilan birga lotin, xitoy, hind, rus, yevropa tillaridan ham bahramand bo‘lgan.
Insonni tilning taqdiri haqida qayg‘urishga undaydigan hikoyalardan biri yoqutiya tilining sokin jon bergani to‘g‘risida. Balki tilga nisbatan o‘lish so‘zi noodatiy tuyular, ammo bu asli haqiqat! Agar bir tilda so‘zlashuvchilar soni juda kamaysa yoki bu tilni biluvchilar sanoqli qolsa, bu til o‘lim yoqasiga kelish xavfiga uchraydi. Mazkur hikoyada keltirilgan tashbeh har qanday insonni xayollar samosida uchishga, qandaydir ichki kechinmalar hosil bo‘lishiga olib keladi. Murg‘ak bir qizchaning “Axiy, men bitdim”, ya’ni “men tugatdim” degan so‘zlari go‘yo bobolaridan unga meros qolgan
tilning ojizgina “men tugadim”, “unutilish arafasidaman” degan nidosiga o‘xshaydi. Jafokash shoirimiz Erkin Vohidovning ham bu hikoyani bizga keltirishidan maqsadi tilimizga bee’tibor bo‘lmaslikka bir chaqiruv, bir da’vatdir. Shoyad yoqutiya tilining misoli o‘rnak bo‘lsa. Bu kabi haqiqatlarni yorqin ifoda etuvchi bir qator she’rlar va misollar asarda ko‘plab topiladi.
Yuvvoshlikdan o‘zgalarni,
Yelkamizga mindirdik.
Yot so‘zlarni aytolmasdan,
Tilimizni sindirdik.
Til millat qalbi ekan, uning taqdiriga befarq bo‘lmaylik. Bu yo‘lda qilishimiz mumkin bo‘lgan vazifalar va burchlarni sidqidildan ado etishimiz darkor. Millatimiz qandayin qiyin kunlarni ko‘rdi, ko‘p judoliklarni boshidan o‘tkazdi, qancha jafo chekdi. Ammo sinmadi, egilmadi, taslim bo‘lmadi. Aksincha, qanchalik qiyin bo‘lsa-da, doim qaddini tik tutdi, bardosh berdi va matonat timsoli bo‘la oldi. Bu millatdan yana dunyoga muallim bo‘ladigan Beruniylar, Ulug‘beklar, Navoiylar, Boburlar, Amir Temurlar yetishib chiqishi kerak. Buning uchun millatimizning faxri – ona tilimizni ardoqlashimiz, unga muhabbatli bo‘lishimiz, uni ko‘z qorachig‘imizdek asrashimiz lozim.
Chunki sensan
Qalbim bir parchasi,
yuragim nolasi
Sen ona tilimsan, millatim faxri.
Xadicha BERDIQOBILOVA,
ToshDO‘TAU talabasi
Shu kecha va kunduzda
SUN’IY INTELLEKT: TILSHUNOSLAR ENDI NIMA QILADI?
GENERAL VA YOSHLAR UCHRASHUVI
Robot fikrlay oladimi? Yoxud fizikadan 2024-yilgi Nobel mukofoti neyroto‘r kashfiyotchilariga berilgani haqida
XO‘JALIK MUDIRI EKANIMDAN FAXRLANAMAN! yoxud shu maoshga roziman!
OB-HAVO
0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank