Endi 25 turdagi elektron tibbiy xizmatlardan My.gov.uz portali orqali foydalanish mumkin

Endi 25 turdagi elektron tibbiy xizmatlardan My.gov.uz portali orqali foydalanish mumkin
Aholi va tadbirkorlar uchun mo‘ljallangan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali(my.gov.uz)dan 25 turdagi elektron tibbiy xizmat ham joy olgan.
Bu xizmatlar orqali siz uydan chiqmagan holda ishlaringizni bitirsangiz ham boʻladi.
Ular quyidagilardan iborat:
1. COVID-19 ga qarshi emlashga yozilish va holatini tekshirish
2. Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiya qilish
3. Tana vazni va ogʻirligi kalkulyatori
4. Bolalarning emlanish taqvimi
5. 40 yoshdan keyingi yurak qon-tomir tizimi kasalliklarining xavfini baholash nomogrammasi
6. Oilaviy shifokorlik punktlari, oilaviy poliklinikalar va koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarda davlat tomonidan bepul beriladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari toʻgʻrisida maʼlumot
7. Aholini profilaktik koʻriklar va skrining dasturlaridan oʻtkazish taqvimi
8. Sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash salomatlik koʻrsatkichlari haqida maʼlumot olish
9. Fuqaroga biriktirilgan oilaviy shifoxona shifokori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bilan tanishish
10. Tibbiyot muassasalarida davolanish uchun berilgan imtiyozli yoʻllanma holatini tekshirish
11. Shifokor qabuliga yozilish
12. Ijtimoiy taʼtillar (homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bolani parvarishlash taʼtillari)ga chiqishni rasmiylashtirish
13. Vaqtincha mehnatga layoqatsizlik varaqalari va boshqa tibbiy maʼlumotlarni olish
14. Profilaktik emlanganlik holatini tekshirish
15. Qandli diabet skriningini olish
16. Antropometriya skriningini olish
17. Ftiziatriya kasalliklari hisobida turish yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumot olish
18. Ruhiy kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)
19. Narkologiya dispanseri hisobida turishi yoki turmasligi toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish (soddalashtirilgan tartibda)
20. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish va ularga malaka toifalari berish.
21. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga berilgan avvalgi attestatsiyadan oʻtganlik toʻgʻrisidagi sertifikatni tekshirish va yuklash
22. Tibbiy maʼlumotnomalarni olish (083/h shakldagi)
23. Yurak-qon tomir kasalliklari skriningi natijalarini olish
24. Tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlarining sanitariya-epidemiologiya xavfsizligi shartlariga muvofiqligi maʼlumotlari bilan tanishish
25. Qon tahlil natijalarini tekshirish.
Ushbu xizmatlar my.gov.uz portalining “Sogʻliqni saqlash boʻlimi”dan joy olgan.
Ulardan foydalanish uchun ariza beruvchi portalda roʻyxatdan yoki avtorizatsiyadan oʻtishi hamda soʻrov yuborishi talab etiladi. Arizalar avtomatik tarzda koʻrib chiqilib, maʼlumotlar elektron formatda taqdim etiladi
Shu kecha va kunduzda
Toshkentda chiqindi tashlash qoidalarini buzganlarga qarshi reyd boshlandi
13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti
Mukofot pullarini to‘lab bermagan buxgalterga qanday chora ko‘rish mumkin?
Pensiya tayinlashda chet elda ishlagan davrini ish stajiga olish tartibi qanday?
OB-HAVO

0 C
Valyuta kurslari
Markaziy bank
Mavzuga doir

Talabalar huquqlarini himoya qiladigan tashkilot kerak! Yoxud bir etik izidan

13-mart kuni kutilayotgan ob-havo ma’lumoti

Mukofot pullarini to‘lab bermagan buxgalterga qanday chora ko‘rish mumkin?
