FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI

Jarayon FVV AKADEMIYASIDA IJODIY UCHRASHUV HAMDA HAMKORLIK MEMORANDUMI IMZOLANDI
34

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasida 2025-yil 12-sentabr kuni muhim ahamiyatga ega tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Akademiya hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi va “Ijodiy uchrashuv” tashkil etildi.


Tadbirda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Sherzodxon Qudratxo‘ja, universitet professor-o‘qituvchilari, FVV Akademiyasi rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, harbiy xizmatchilar, kursantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari faol ishtirok etdilar.


Tadbirni ochib bergan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor, polkovnik Muzaffarjon Mamasiddiqov o‘z nutqida hamkorlikning dolzarbligi, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tar ekan, davlatimiz rahbari takidlaganlaridek, “Yoshlar – kelajagimiz bunyodkorlari”, va bizning burchimiz ularning salohiyatini ro‘yobga chiqarishdir”, deya aytgan muhim so‘zlarini e’tirof etdi. Shuningdek, siyosiy fanlar doktori, professor, Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet jamoasiga FVV Akademiyasiga amaliy tashrif hamda  samimiy hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi.


Shundan so‘ng, tadbirda so‘zga chiqqan – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist”, teleboshlovchi, siyosatshunos, siyosiy fanlar doktori, professor, Sherzodxon Qudratxo‘ja O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, siyosiy fanlar nomzodi, dotsent Sherzodxon Qudratxo‘ja ushbu memorandum ikki muassasa o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashini, ijodiy tashabbuslarni kengaytirishini, bugungi hamkorlik tadbiri ikki muassasa o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik va ijodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi 


U o‘z nutqida Muhtaram Prezidentimizning “Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallagan, yuksak ma’naviyatli insonlar qilib tarbiyalash – davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishidir”, deb aytgan so‘zlarini e’tirof etib, bugun imzolangan hamkorlik memorandumi yoshlarimizni nafaqat ijodiy, balki intellektual va ma’naviy jihatdan ham qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Universitet va Akademiya kursantlari o‘rtasida hamkorlik loyihalarining yo‘lga qo‘yilishi ularga keng imkoniyatlar yaratib berishini alohida ta’kidladi.


Uchrashuv davomida tomonlar o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash, talaba-yoshlar va kursantlar o‘rtasida terrorizm, ekstremizm va radikalizmga qarshi targ‘ibot ishlarini olib borish, yoshlarni jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish ruhida tarbiyalash, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko‘maklashish kabi masalalar yuzasidan kelishib oldilar.


Uchrashuv yakunida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqarolarni xavfsizlik madaniyatiga o‘rgatish, shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladigan qator kelgusidagi vazifalar belgilab olindi.


Akademiya axborot xizmati

Maqola muallifi

Muxbirlarimiz

Muxbirlarimiz

"Ma'rifat" muxbiri

Teglar

  • #Ta'lim

Ulashish